AQŞ davlat kotibi Entoni Blinken Rossiya va KXDR örtasidagi harbiy hamkorlik kuçayib borayotganidan xavotir bildirdi. 9 noyabr, payşanba kuni Janubiy Koreya poytaxti Seulga taşrifi çoğida Blinken koreyalik hamkasbi Pak Çinning «jiddiy xavotirlari»ni tuşunişini aytdi. Ikki davlat taşqi siyosat idoralari rahbarlari, şuningdek, Şimoliy Koreyadan kelayotgan tahdidlarga qarşi kuraşiş uçun kengaytirilgan tiyib turiş strategiyasini amalga oşiriş va Yaponiya bilan strategik hamkorlikni çuqurlaştiriş masalalarini muhokama qilgan.

«Bizning uç davlat Şimoliy Koreya raketalarini uçiriş ma’lumotlarini real vaqt rejimida almaşiş, uç tomonlama mudofaa maşqlari va Şimoliy Koreyaning zararli kiberfaoliyatiga qarşi kuraşiş sa’y-harakatlari orqali birgalikdagi javob çoralarini yaxşilaş böyiça çoralar körmoqda», deya ma’lum qildi Blinken va Park.

Janubiy Koreya va Qöşma Ştatlar Xitoyni KXDR va Rossiya tomonidan olib borilayotgan «qurol savdosi»ni töxtatişga köndiriş uçun harakat qiladi, dedi Pak Çin. AQŞ, Janubiy Koreya va Yaponiya allaqaçon Şimoliy Koreya Rossiyaga qurol va harbiy texnika yetkazib berayotganini tanqid qilib çiqqan. Şimoliy Koreyadan yuk taşiş hajmining ortişi bundan dalolat beradi. Rossiya va Şimoliy Koreya sentabr oyida yaqinroq harbiy hamkorlikka kelişib olgan bölsa-da, Moskva va Pxenyan bu ta’minotni rad etib kelyapti.

Entoni Blinkenning Janubiy Koreyaga ikki kunlik taşrifi 2022 yil may oyida inauguratsiya marosimi ötkazilgan prezident Yun Sok Yol davridagi birinçi safar böldi. Davlat kotibi oxirgi marta Koreya yarimorolining janubida 2021 yil martida bölgan edi. Taşrif Blinkenning Yaponiya va Yaqin Şarqqa kelişini öz içiga olgan Osiyoga yirik safarining bir qismidir.