Rossiya harbiy razvedkasining («GRU») 74455-harbiy qismidan bölgan Sandworm hakerlar guruhi Ukrainadagi elektr stansiyalarini öçirişning yangi usullaridan foydalangan. Bu haqda Amerikaning kiberxavfsizlikka ixtisoslaşgan Mandiant kompaniyasining 9 noyabr, payşanba kuni çop etilgan tadqiqotida aytiladi.
Mandiant 2022 yil 10 va 12 oktyabr kunlari Ukrainadagi muhim infratuzilmaga qilingan hujumlarni örganib çiqdi va ular bir neça bosqiçda amalga oşirilganini aniqladi. Birinçidan, hakerlar kompyuter tizimiga kirib, bir neça oy davomida uni örgangan. 10 oktyabr kuni ular nimstansiyadagi avtomatik öçirgiçlarni masofadan turib öçirişga muvaffaq böldi. Şu bilan birga, Rossiya qöşinlari Ukrainadagi muhim infratuzilmaga yirik raketa hujumlarini uyuştirgan, deyiladi tadqiqotda.
Ikki kundan söng, ikkinçi bosqiç boşlangan, unda kompyuter tizimiga maksimal darajada zarar yetkazişi va ma’lumotlarni qayta tiklaşni imkonsiz qilişi mumkin bölgan Caddywiper virusining yangi varianti işlatildi. Uşbu Sandworm hujumlarini avvalgilari bilan soliştirgandan söng, mutaxassislar ularda yangi komponentlarni topdi. Bu Rossiyaning operatsion tizimlarga yönaltirilgan kiberimkoniyatlarga sarmoya kiritişda davom etayotganini körsatadi, deyiladi tadqiqotda.
Avvalroq Rossiya maxsus xizmatlari hakerlari dunyo böylab siyosiy, moliyaviy va sport infratuzilmalariga hujum qilişda bir neça bor ayblangandi. Şu tariqa, AQŞ Adliya vazirligi ma’lumotlariga köra, «GRU» zobitlari 2017 yilda bölib ötgan Fransiya prezidenti saylovlariga va 2018 yilda Janubiy Koreyada bölib ötgan qişki Olimpiya öyinlarini taşkillaştirişga aralaşişga qaratilgan kiberhujumlarda iştirok etgan. Rossiyalik hakerlar 2016 yilgi AQŞ prezidentlik saylovlariga aralaşişda ham ayblangan.












