Ukraina prezidenti ofisidagilar qurolli kuçlar boş qömondoni Valeriy Zalujniyning The Economist jurnaliga frontdagi vaziyat böyiça bergan intervyusidan keyin mamlakatning harbiy va siyosiy rahbariyati örtasidagi böliniş belgilarini körmayapti. Bu haqda jurnalistlari Ukraina rasmiy şaxslari bilan gaplaşgan Bloomberg agentligi xabar bermoqda.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Zalujniyning sözlariga oçiqçasiga e’tiroz bildirganidan söng tomonlar örtasida jiddiy ziddiyat borligi haqida taxminlar paydo bölgandi. Xususan, The New York Times gazetasida «böliniş kuçayişi» belgilari haqida maqola naşr etildi.
The Economist uçun intervyusida Ukraina QK boş qömondoni boşqa narsalar qatori Rossiya bilan uruş «boşi berk köçaga kirib qolgani», ukrainlarning hujumi köp yillarga çözilişi mumkin bölgan pozitsion uruşga aylanayotgani haqida gapirgan. Zalujniy bu vaziyatdan çiqiş uçun Ukrainaga innovatsion harbiy texnologiyalar darkorligini ta’kidlagan.
Bunga javoban Ukraina prezidenti ofisi rahbari örinbosari Igor Jovkva Zalujniyning intervyusi xalqaro hamkorlarda «vahima kayfiyati» uyğotganini aytdi. U frontdagi vaziyatni şarhlamaslik kerakligi, çunki bu «agressorning işini yengillaştirişi»ni bildirgan. «Agar şu yöl bilan [maqola evaziga] qandaydir muvaffaqiyatga erişmoqçi bölayotgan bölsak — bu ehtimol qandaydir çuqur ma’noli va strategik öylanma. Lekin, rostini aytadigan bölsam, menga [aftidan] bu juda ğalati körindi», — degan Jovkva.
Zelenskiy frontdagi vaziyatni umidsiz deb hisoblamasligini aytdi. Uning sözlariga köra, Rossiya öz aviatsiyasi hisobiga osmonni nazorat qilayotgani tufayli, Ukraina öz harbiylarini asraşga intilmoqda.
Ukraina prezidenti ofisi böliniş haqidagi xabarlarni inkor etdi. Idora rahbari Andriy Yermak Ukrainaning «1+1» telekanali jurnalisti Natalya Moseyçukka bergan intervyusida mamlakat hukumati Rossiyani yengişga qaratilgan yakdil pozitsiyada ekanini aytdi. «Men bugungi kunda harbiy-siyosiy rahbariyatda qandaydir boşqaça pozitsiyalar borligi belgilarini körmayapman. Bizda yagona pozitsiya bor — bu uruşda ğalaba qozoniş», — degan Yermak parçasi Moseyçuk tomonidan keltirilgan intervyuda.
«Prezident favqulodda muhim aniqlik kiritdi, — degan Bloomberg naşriga Ukraina prezidenti ofisi rahbari maslahatçisi Mixaylo Podolyak. — Men oliy harbiy-siyosiy rahbariyat darajasida heç qanday kelişmovçilik yoki ziddiyatni körmayapman». Uning sözlariga köra, Zelenskiy va Zalujniy deyarli har kuni özaro muloqot qilişadi va sönggi oylarda ularning suhbatlarida heç qanday özgariş bölgani yöq. Xususan, prezident va boş qömondon Ukraina harbiy strategiyasiga tuzatişlar kiritişni muhokama qilişda davom etmoqda.
Zelenskiy atrofidagilardan yana biri Bloomberg bilan anonimlik asosidagi suhbatda prezident va boş qömondon örtasidagi munosabatlar OAVdagi «balandparvoz sarlavhalar»dan butunlay yiroq narsa deb ta’riflagan.
Şu bilan birga, Bloomberg frontda muvaffaqiyatlar yöqligi hamda askarlarning ommaviy halokatiga olib keluvçi xatolar fonida ukrain harbiylariga bosim kuçaymoqda, deb hisoblaydi. Agentlik bunday bosim omillari röyxatida Zelenskiyning heç qanday izohsiz Ukraina maxsus operatsiyalar kuçlari qömondoni, general-mayor Viktor Xorenkoni işdan oliş qarorini keltirib ötgan. Keyinroq mamlakat rahbariyati bu qarorni u «boşqa ma’lum yönalişlarda kerakligi» va harbiy razvedkada işlaşi bilan izohladi.
Yuzaga kelayotgan kelişmovçiliklar Zelenskiyni siyosiy jihatdan yanada zaiflaştirişi mumkin, deb yozadi Bloomberg. «Muxolifat Zalujniy atrofidagi keskinlikdan prezidentning pozitsiyasiga putur yetkaziş uçun foydalanişga intilmoqda. Sobiq prezident Petro Poroşenkoga yaqin deputatlardan biri telegramda boş qömondonni işdan oliş böyiça farmon loyihasi mavjudligi haqida yozdi. Keyinroq u bu xabarni öçirib yubordi va boşqa manbalari bu ma’lumotni rad etganini aytdi», — deya qayd etadi agentlik.













