Maktabgaça va maktab ta’lim vazirligi xabariga köra, 8 noyabr kuni Vazirlar Mahkamasining “Ta’lim muassasalarida çaqiruvga qadar boşlanğiç tayyorgarlikni taşkil etiş tartibi töğrisidagi nizomni tasdiqlaş haqida”gi qarori qabul qilindi. 

Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga:

2024 yil 15 yanvardan çaqiruvga qadar boşlanğiç tayyorgarlik fani öqituvçilariga ta’lim taşkilotlarining boşqa fan öqituvçilari uçun belgilangan tartibda malaka tofasi beriş hamda ularni Toşkent davlat pedagogika universiteti, Farğona davlat universiteti va Buxoro davlat pedagogika instituti harbiy ta’lim fakultetlarida malakasini oşiriş işlarini yölga qöyiş;

2024 yil 20 fevralga qadar Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Soğlikni saqlaş vazirligi bilan birgalikda çaqiruvga qadar boşlanğiç tayyorgarlik fanining yangi öquv dasturi va darsligini işlab çiqiş kabi vazifalar yuklandi. 

Qaror bilan tasdiqlangan nizomga köra, malakaviy attestatsiya xulosasiga köra malaka toifasi berilgan ÇQBT fani öqituvçilarining bazaviy lavozim maoşlari umumta’lim muassasalarida - mos keluvçi malaka toifasiga ega bölgan fan öqituvçilarining bazaviy lavozim maoşiga tenglaştiriladi.