11 noyabr kuni Ar-Riyozda Arab davlatlari ligasi (AL) va Islom hamkorlik taşkiloti (OIC) qöşma sammiti bölib ötdi. Saudiya Arabistoni Taşqi işlar vazirligi bayonotida aytilişiça, Ğazo sektoridagi favqulodda vaziyatlarni hisobga olgan holda arab-islom qöşma sammitini ötkazişga qaror qilindi.

Ikki tadbir «Ğazo sektori va Falastin hududlarida kuzatilgan xavfli va misli körilmagan hodisalarga qarşi turiş va ularning oqibatlarini bartaraf etiş uçun arab va islomning umumiy irodasini ifodalovçi jamoaviy pozitsiyani işlab çiqiş» uçun birlaştirilgan.

Eron va Saudiya Arabistoni azaldan mintaqadagi asosiy raqib bölib kelgan. 2016 yil boşida mamlakatlar Tehronning keskin bayonotlari va maşhur şia voizi Nimr an-Nimrning Ar-Riyozda qatl etilişi ortidan Saudiyaning Erondagi elçixonasiga qilingan hujumdan söng diplomatik munosabatlarni uzgan edi. Bundan taşqari, manfaatlarning töqnaşuvi tufayli davlatlar oçiq harbiy mojaro yoqasida edi. Biroq şu yilning mart oyida Xitoy vositaçiligida ularning yaraşuv jarayoni boşlandi. Mamlakatlar diplomatik munosabatlarni tiklaşga kelişib, dengizda xavfsizlikni ta’minlaş uçun mintaqada koalitsiya tuziş imkoniyatlari haqida gapira boşladi.