Şimoliy Koreya yangi örta masofali ballistik raketalar uçun qattiq yonilğida işlaydigan dvigatellarini muvaffaqiyatli sinovdan ötkazganini ma’lum qildi. Bu haqda KXDR davlat axborot agentligi 15 noyabr, çorşanba kuni xabar berib, yangi raketa «katta strategik ahamiyatga ega» ekanini ta’kidladi. AP’ning qayd etişiça, bu işlanma Pxenyanga «yadro arsenalini AQŞning Guam va Yaponiyadagi harbiy bazalariga zarba bera oladigan kuçliroq va aniqlaş qiyin bölgan qurollar bilan töldirişga» imkon beradi.
KXDR davlat axborot agentligi ma’lumotlariga köra, birinçi bosqiç dvigatelining birinçi yerusti sinovi 11 noyabrda, ikkinçi bosqiçi esa 14 noyabrda bölib ötgan. Pxenyan ta’kidlaşiça, sinovda «juda qoniqarli natija»ga erişilgan va bu yangi raketa «işlab çiqilişini işonçli tezlaştiriş uçun kuçli kafolat» bergan.
Sinovlar Şimoliy Koreyaning qurol işlab çiqarişdagi navbatdagi qadamini anglatadi. Ba’zi tahlilçilarga köra, bu Rossiya bilan harbiy hamkorlik orqali kuçaygan bölişi mumkin, deb ta’kidladi AP. Sinovlar seriyasining oxirgisi 14 noyabr, seşanba kuni Rossiya tabiiy resurslar va atrof-muhit vaziri Aleksandr Kozlov savdo va texnologik yutuqlar almaşinuvi böyiça muzokaralar olib boriş uçun Şimoliy Koreyaga kelganida ötkazildi.
Yaponiya vazirlar mahkamasi boş kotibi Xirokadzu Matsuno Şimoliy Koreyaning qattiq yonilğida işlovçi raketa dvigatellari sinovlarini şarhlar ekan, KXDR şu yöl bilan özining «kutilmaganda hujum qiliş salohiyatini» oşirişga intilayotganini aytdi. «Biz Şimoliy Koreya keyingi provokatsion harakatlar, jumladan raketa uçiriş va yadroviy sinovlarni amalga oşirişi mumkinligiga işonamiz. Yaponiya hukumati tahlil va razvedka ma’lumotlarini töplaş böyiça qölidan kelganini qilyapti», — dedi u matbuot anjumanida.












