AQŞ 6-7 dekabr kunlari Ukraina bilan harbiy-texnik hamkorlik böyiça konferensiya ötkazadi. Bu haqda 17 noyabr, juma kuni AQŞ Milliy xavfsizlik kengaşi rasmiy vakili Edriyenn Uotson ma’lum qildi. Tadbirda ikki mamlakat hukumati va soha vakillari iştirok etadi. 

Vaşingtonda ma’lum qilinişiça, qöşma işlab çiqariş va sanoat kooperatsiyasining boşqa şakllari haqida söz yuritiladi. Oq uyning qöşimça qilişiça, konferensiya Ukrainaning erkinlik va xavfsizlik uçun kuraşini qöllab-quvvatlaş uçun qurol işlab çiqarişni sezilarli darajada oşirişga qaratilgan AQŞ harakatlarining bir qismidir. Forum AQŞning Ukraina iqtisodiy tiklanişiga uzoq muddatli sadoqatini yana bir bor tasdiqlaydi, dedi Uotson. 

Vaşington - Kiyevga eng yirik harbiy yordam yetkazib beruvçi 

AQŞ Rossiya harbiy harakatlariga qarşi kuraşda Ukrainaga eng yirik harbiy yordam yetkazib beruvçi hisoblanadi. Uruş boşlanganidan beri Ukrainaga ajratilgan mablağlarning umumiy miqdori 60 milliard dollardan oşadi, ammo bu mablağ nafaqat xavfsizlik, balki iqtisodiy, moliyaviy va gumanitar yordamni ham öz içiga oladi, dedi Oq uy Milliy xavfsizlik kengaşida strategik masalalar böyiça koordinator Jon Kirbi.

Sentyabr oyi oxirida Kiyevda birinçi Xalqaro mudofaa sanoati forumi bölib ötdi. Ukraina Taşqi işlar vazirligi ma’lumotlariga köra, tadbirda 30 mamlakatdan 252 mudofaa korxonasi iştirok etgan. Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy sözlariga köra, Kiyev uçun ustuvor vazifa zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda mudofaa uçun işlab çiqarişni rivojlantiriş, Ukrainada jahon sanoati yetakçilari bilan hamkorlikda snaryadlar, raketalar va dronlarni işlab çiqarişdan iboratdir.