AQŞ prezidenti Jo Bayden Kongress ikkala palatasi tomonidan ilgari ma’qullangan federal hukumat faoliyatini vaqtinçalik moliyalaştiriş töğrisidagi qonun loyihasini imzoladi. Bu haqda 17 noyabr, juma kuni Oq uy matbuot xizmati ma’lum qildi.
Avvalroq CNN xabar berganidek, hujjatda Energetika vazirligi hamda harbiy quriliş, faxriylar işlari, transport, uy-joy va boşqa masalalarga mas’ul idoralarni moliyalaştirişni 2024 yil 19 yanvarga qadar, davlat boşqaruvining boşqa sohalariga tegişli muassasalarni esa 2024 yil 2 fevralgaça uzaytiriş taklif etilgan.
Bayden tomonidan imzolangan qonun Ukraina va Isroilga yordamni öz içiga olmaydi
Şu bilan birga, qonunda Rossiyadan özini himoya qilayotgan Ukraina va HAMAS taşkilotiga qarşi uruş olib borayotgan Isroilga yordamni moliyalaştiriş böyiça heç qanday band yöq.
Turli federal idoralarning 2024 yil uçun budjetlari 11 noyabrgaça tasdiqlanişi kerak edi. Ammo sönggi sessiyada demokratlar nazoratidagi Senat va respublikaçilar köpçilikni taşkil etuvçi Vakillar palatasi örtasidagi qarama-qarşilik bunga tösqinlik qildi.
AQŞda ehtimoliy şatdaunning oqibatlari
Hukumat işi töxtab qolişi 1,5 millionga yaqin AQŞ hukumati xodimlarini uylariga maoşsiz yuboriş bilan tahdid soladi. Şatdaun, şuningdek, federal mulkka tegişli bölgan aksariyat obektlar, jumladan, milliy boğlar yopilişini va havo harakatini boşqariş çeklanişini anglatadi, bu amerikaliklarning sayohat rejalariga ta’sir körsatadi.












