San-Fransisko sammitida Osiyo-Tinç okeani iqtisodiy hamkorligi (APEC) forumi a’zolari Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişi va Isroilning Ğazo sektorida HAMAS guruhiga qarşi harbiy amaliyoti böyiça qöşma pozitsiya böyiça kelişa olmadi. Bu bandlar 17 noyabr, juma kuni keçqurun e’lon qilingan yakuniy deklaratsiya matniga kiritilmagan.
Şu bilan birga, APEC raisligi alohida bayonot e’lon qildi, unda forum «a’zolarining aksariyati» Rossiyaning Ukrainaga bölgan tajovuzkorligini keskin qoralaydi. Hujjatda qayd etilganidek, sammit iştirokçilari Ğazo sektoridagi inqiroz yuzasidan «fikr almaşgan», bu boradagi «öz pozitsiyalarini» taqdim etgan. Ayrim davlat va hukumat rahbarlari forum iqtisodiy mohiyati va «geosiyosiy masalalarni muhokama qiliş uçun» yaroqsizligini bahona qilib, yakuniy deklaratsiyaga uşbu mavzularning kiritilişiga qarşi çiqdi, deya ta’kidlanadi matnda.
APEC a’zolari JST islohotini qöllab-quvvatladi
Şu bilan birga, APEC a’zolari Jahon savdo taşkiloti (JST) islohotini qöllab-quvvatladi. «Biz JSTning barça funksiyalarini takomillaştiriş uçun zarur islohot ötkaziş tarafdorimiz», — deyiladi bayonotda. APEC yetakçilari «erkin, oçiq, adolatli, kamsitmaydigan, şaffof, inklyuziv va tekşiriladigan savdo va investitsiya muhitini ta’minlaş» qat’iyatini tasdiqladi.
AQŞ prezidenti Jo Bayden 17 noyabr kuni APEC’ning boşqa yetakçilari bilan gaplaşar ekan, ularni sun’iy intellekt böyiça hamkorlik qilişga va işçilarning huquqlari va salohiyatini çeklaşdan köra, sun’iy intellekt ijobiy özgarişlarga sabab bölişini ta’minlaşga çaqirdi.
Bayden APEC doirasidagi aloqalarni mustahkamlaş niyatida
Sammit muhim voqealaridan biri Oq uy rahbarining 15 noyabr kuni Xitoy rahbari Si Jinping bilan uçraşuvi böldi, uning maqsadi dunyoning ikki yirik iqtisodiyoti örtasidagi munosabatlar Osiyo-Tinç okeani mintaqasiga salbiy ta’sir körsatişini kamaytiriş edi.
Şundan söng, APEC sammitida sözga çiqqan Bayden Osiyo-Tinç okeani mintaqasi AQŞ iqtisodiyoti uçun muhim rol öynaşini, Vaşington bu aloqalarni yanada mustahkamlaş niyatida ekanini aytdi. Uning sözlariga köra, Qöşma Ştatlar eksportining 60 foizi APEC’ga a’zo davlatlarga töğri keladi va Amerika biznesi bu mamlakatlardagi töğridan töğri xorijiy sarmoyalarning eng katta manbasi hisoblanadi. Xitoy bilan munosabatlar haqida gapirar ekan, Bayden ularning barqarorligi butun dunyo uçun muhim ekanini ta’kidladi, şuning uçun uning ma’muriyati işi AQŞ iqtisodiyotini XXRdan uzoqlaştirişga emas, balki «xavfni kamaytiriş va diversifikatsiya qilişga» qaratilgan.
Rossiya tomonidan boş vazir örinbosari Overçuk iştirok etdi
APEC sammitida AQŞdan taşqari yana 20 ta a’zo davlat vakillari iştirok etdi. Sammitda Rossiyadan boş vazir örinbosari Aleksey Overçuk qatnaşdi, u ğarb, jumladan, Yevropa Ittifoqining turli sanksiyalar röyxatiga kiritilgan, ammo Rossiyaning aksariyat yuqori rahbariyatidan farqli ölaroq, AQŞ sanksiyalari ostida emas.
Iştirokçi davlatlarning umumiy uluşi jahon iqtisodiyotining 60 foizini va sayyora aholisining qariyb 40 foizini taşkil qiladi. APEC a’zolari safiga Yaponiya, Malayziya va Indoneziya hamda boşqalar kiradi. Guruhning maqsadi savdo tösiqlarini kamaytiriş orqali Osiyo-Tinç okeani mintaqasida iqtisodiy ösişni kuçaytirişdan iborat.












