"Dunyo" xabariga köra, Namangan viloyati hokimi boşçiligidagi delegatsiya 12-15 noyabr kunlari Berlin va Ştutgart şaharlarida bölib, yirik nemis kompaniyalari hamda işbilarmon doira vakillari bilan uçraşuvlar ötkazdi. Uçraşuvlar natijasida hamkorlikdagi investitsiyaviy loyihalarni amalga oşiriş böyiça qator kelişuvlar imzolandi.

Jumladan, Germaniya poytaxtida BEL - Bio Energy-Land kompaniyasi raisi Frenk Risbek bilan keçgan uçraşuvda viloyatda yopiq turdagi vertikal issiqxonalarni taşkil etiş, mahalliy tadbirkorlar bilan birgalikda hamkorlikni yölga qöyiş hamda tegişli investitsion loyihani amalga oşiriş böyiça kelişuvga erişildi.

Navbatdagi uçraşuvda Aleksandr fon Humboldt jamğarmasi departamenti rahbari Katya Yang bilan Namangan viloyatidagi oliy öquv yurtlarini yanada rivojlantiriş uçun grantlar ajratiş masalasi muhokama qilindi va hamkorlik böyiça tegişli memorandum imzolandi.

Albştadt-Zigmaringen universitetida bölib ötgan uçraşuvda davomida mazkur oliy öquv yurti tekstil fakulteti faoliyati bilan tanişildi va Namangan tekstil instituti bilan professor-öqituvçilar hamda talabalar almaşinuvini yölga qöyiş, öqitişni yangi metodlarini joriy qiliş yönalişlarida hamkorlik qiliş masalalari muhokama qilindi.