Kuzning oxirgi haftalaridan biri yakunlanmoqda. Quyida ötgan bir hafta davomida dunyoda sodir bölgan asosiy voqealar eslanadi.
Hafta bosqini
Göyoki inson ongi rivojlanib, yaşaş osonlaşgan bir davrda Yaqin Şarqdagi mitti bir anklavda, 8 milliard kişi köz öngida şunçalik dahşatli işlar sodir bölyaptiki, ulardan odamzot mukammallaşib emas, tubanlaşib boryapti degan xulosaga keliş mumkin.
Isroil mudofaa armiyasi 15 noyabrga ötar keçasi Ğazodagi boş şifoxona bölmiş «Aş Şifo»ga tanklar bilan bostirib kirdi. BMT ma’lumotiga köra, bu vaqtda kasalxona hududida 2300 dan ortiq kişi – bemorlar, şifoxona xodimlari va şu yerdan boşpana topgan tinç aholi vakillari bölgan. Isroil bosqini boşlangandan buyon Ğazoda odamlar faqat raketa zarbalaridan emas, şunçaki kasalxonalarda elektr energiyasi yöqligi sababli ham ölib ketmoqda.
«Aş Şifo»da nisbatan şaroit tuzuk bölgani sabab oğir bemorlar şu yerga olib kelinayotgandi, ammo isroillik harbiylar tankda kirib borganidan keyin u yerda vaziyat çidab bölmas darajaga yetgan.
Kasalxona kuyiş bölimi boş şifokorining aytişiça, 14 noyabrdagi bosqindan keyin kuyiş jarohati bilan jonlantiriş bölimida yotgan, şuningdek, sun’iy nafas oliş apparatiga ulangan bemorlar jon bergan.
Bundan taşqari, kasalxonada juda köp çala tuğilgan va maxsus bokslarda saqlanayotgan norasida çaqaloqlarning holati haqida ma’lumot yöq. Ba’zi şifokorlar isroillik harbiylar kasalxonadan çiqayotganda texnikalarni ham vayron qilib ketganini aytgan.
Isroil tomoni kasalxonaga kirişga uning ostida HAMASning qömondonlik punkti borligi sabab bölganini iddao qilgan. Göyoki buning isboti sifatida bir neçta avtomat, patron va granatalar ham namoyiş etildi.
Ammo köpçilik butun boşli qömondonlik punktida şunça kam miqdorda qurol bölganiga şubha bilan qarayapti. Isroil 2000-yillardan buyon bu kasalxona HAMAS qarorgohi ekanini iddao qilib keladi, lekin hozirgaça heç qanday isbot keltirilmagan.
Hafta taşrifi
Bu haftaning eng muhim voqealardan biri Xitoy raisi Si Jinpingning AQŞga taşrifi böldi. Umumiy yalpi içki mahsulot hajmi 44 trillion dollarni taşkil etadigan ikki iqtisodiy gigant davlat rahbarlari San-Fransiskoda uçraşuv ötkazdi.
Uçraşuvda tomonlar nima borasida kelişib olgani aniq emas, lekin Şarqiy Yevropa va Yaqin Şarqda dahşatli uruş ketayotgan, dunyo ikkinçi jahon uruşidan keyingi eng tarang siyosiy davrni boşdan keçirayotgan bir vaqtda AQŞ va Xitoy rahbarlari nomigagina uçraşmagani aniq.
Bu ikki davlat örtasidagi Tramp davrida boşlangan savdo uruşidan butun dunyo narxlar oşişi körinişida zarar kördi. Ayniqsa Ukrainadagi uruşda ular farqli tarafni qöllagani vaziyatni yanada keskinlaştirdi. Şu sabab Xitoy va AQŞ yetakçilarining uçraşuvini dunyo uçun yaxşi yangilik deyiş mumkin. Uçraşuvda pozitivlikka umid beradigan yaxşi gaplar ham aytildi. Masalan, Si Jinping dunyo AQŞ va Xitoy bir-biridan qolişmay rivojlanişi uçun yetarli darajada keng ekani, raqobat duşmanlikka aylanib ketmasligi kerakligini aytdi.
San-Fransiskodagi uçraşuvda muhim harbiy kelişuvga ham erişildi. Nensi Pelosining Tayvanga taşrifidan keyin Xitoy va AQŞ örtasidagi töğridan töğri armiya aloqalari çinliklar taşabbusi bilan töxtatib qöyilgandi. Bayden va Si örtasidagi muloqotdan keyin mana şu liniya qayta tiklanadigan böldi.
Hafta omadsizi
Dunyoning eng boy odami Ilon Maskka tegişli Space X kompaniyasining Oy va Marsga parvoz uçun möljallangan Starship öta oğir raketasining ikkinçi orbital sinovi ham muvaffaqiyatsiz çiqdi. 18 noyabr kuni Texasdagi Starbase uçiriş maydonidan parvozni boşlagan havo kemasi bilan 10 daqiqa ötib aloqa yöqoldi.
Köp marta foydalaniş mumkin bölgan raketa tizimi Ship25 havo kemasi va Super Heavy kosmik taşuvçisidan iborat bölib, balandligi 122 metr edi. Reja böyiça Ship 25 ikkinçi orbital sinov vaqtida Yer atrofini aylanib çiqişi, keyin esa Tinç okeanining Havayi orollariga yaqin qismiga qönişi kerak edi. Ammo uçuvçisiz amalga oşirilgan parvoz muvaffaqiyatsiz çiqqan.
Aprel oyida amalga oşirilgan birinçi uriniş ham muvaffaqiyatsiz çiqqan va öşanda taşuvçidan ajrala olmagan kema Meksika körfazi ustida portlatib yuborilgandi.
Mask hafta davomida faqat şu muammo bilan çeklanmadi. U sotib olganidan buyon doim muhokamalar markazida bölayotgan Tvitter ijtimoiy tarmoği bilan boğliq yana bir mojaro sodir böldi.
Apple, Disney, Comcast, Lionstage va Paramount global kabi yirik kompaniyalar Tvitterda reklama berişdan voz keçişdi. Wasshington Post'ning yozişiça, yuqoridagi kompaniyalar endilikda IKS deb yuritilayotgan Tvitterda antisemitizm tarğiboti kuçayayotgani sabab şunday qarorga kelgan. AQŞ naşrlariga köra, Apple kabi yirik kompaniyalar öz mahsulotlari reklamasi Tvitterda Adolf Hitlerning natsizm ma’naviy uyğoniş ekani haqida aytgan gaplaridan yasalgan memlar bilan bir qatorda ketayotganidan norozi bölgan.
Apple bilan reklama şartnomasi bekor qilinişi Tvitter uçun qimmatga tuşişi aniq. Çunki texnogigant birinçi çorakning özida Tvitterga reklama uçun 50 million dollar tölagan. Keyinroq IBM ham Tvitterga reklama joylaşdan voz keçişini ma’lum qilgan.
Hafta qaytişi
Buyuk Britaniyaning 75-boş vaziri, 2010 yildan 2016 yilgaça qirollik hukumatini boşqargan Devid Kemeron yana katta siyosatga qaytdi va Birlaşgan Qirollik taşqi işlar vaziri sifatida işga kirişdi. Bu qirollikda 1970-yillardan buyon ilk marta sobiq boş vazir yana hukumatga qaytişi böldi.
Kemeronning qaytişi kutilmaganda sodir böldi. Gap şundaki, Britaniyaning endilikda sobiq içki işlar vaziri Suella Braverman Londonda Falastinni qöllab ötkazilayotgan marşlarda mahalliy politsiya yetarliça qattiqqöllik bilan harakat qilmayotgani haqida gapirgani fonida keskin tanqidlar ostida qolib ketdi.
Şundan keyin Sunak boşçiligidagi hukumat Bravermanni iste’foga çiqardi va taşqi işlar vaziri lavozimida işlab kelayotgan Jyeyms Kleverli içki işlar vaziri lavozimiga ötkazildi. Böş qolgan taşqi işlar vaziri kursisini esa sobiq boş vazir Kemeron egalladi.
Boş vazirlik lavozimida işlagan vaqtida Qrimni anneksiya qilgan Rossiyani «katta sakkizlik» a’zoligidan çiqarib yuborişga erişgan Kemeron taşqi işlar vaziri bölgaç, Kiyevga borib Volodimir Zelenskiy bilan uçraşişga ham ulgurdi.
Hafta ogohlantirişi
Köpçilik Isroil bosqiniga qarşi uruşayotgan HAMAS harakatini Eron qöllaşi haqida gapiradi, lekin Reuters naşri yozişiça, fors davlati rahbarlari xalqaro maydonda HAMASni qöllaşini aytayotgan bölsa-da, aslida ular Eronga xabar qilmay Isroilga hujum qilganidan norozi bölgan.
«Siz Isroilga hujum haqida bizni ogohlantirmadingiz va biz endi sizning nomingizdan uruşga kirmaymiz», deya Eron oliy rahbari oyatulloh Xominaiyning sözlarini keltirgan Reuters manbasi.
«Eron oliy rahbari HAMAS siyosiy qanoti rahbari Ismoil Xoniyaga Eron harakatni siyosiy va ruhiy tomondan qöllaşda davom etişi, lekin uruşga kirmasligini aytgan. Oyatulloh HAMASdagi «Hizbulloh» va Erondan Isroilga bostirib kirişni talab qilayotganlarning ovozini öçirişni söragan», deb yozadi Reuters.
Hafta qahramoni
17 noyabr kuni Janubiy Amerikada jahon çempionati saralaşining 5-tur öyinlari ötkazildi. Turning markaziy öyinlaridan birida öz maydonida Braziliyani qabul qilgan Kolumbiya ajoyib kambek qayd etib ğalaba qozondi.
«Roberto Melendez Metropolitan» stadionida ötgan öyinda «Liverpul»ning kolumbiyalik hujumçisi Luiz Diaz ikkita gol urib Kolumbiyaga ğalaba keltirdi. Futbolga qiziqmagan odam uçun oddiy öyin, lekin futbol olamiga begona bölmaganlar bu qançalik hissiyotlarga boy öyin bölganini his qiladi.
Gap şundaki, yaqinda Luizning otasi Manuel Diasni jinoiy töda öğirlab ketib, asirlikda saqladi. Bu vaqt davomida futbolçi bir muddat «Liverpul» maşğulotlarida qatnaşmadi, butun futbol olami uni qöllab-quvvatladi. Vaziyatga mamlakat hukumati va armiya aralaşdi. Qutqaruv operatsiyasini Kolumbiya maxsus kuçlari polkovnigi Jyeovanni Kristanço boşqardi. Jinoiy guruh armiya kuçlari çekingaç, Diasning otasi qöyib yuborilişini aytdi va u 12 kunlik asirlikdan keyin oilasi bağriga qaytdi.
17 noyabrdagi Braziliyaga qarşi öyinni katta Dias stadiondan turib kuzatdi. Öğli 5 daqiqa ikkita gol urgaç esa öyin rejissyorlari katta ekranda tribunada ötirgan va özini yiğidan tiya olmayotgan Manuel Diasni körsatişdi. Şu tariqa, avvalo butun dunyodan otasini qutqarişga yordam söragan, keyin esa Braziliyani bir özi nokautga uçratgan Lusi Dias farzandlik burçini a’lo darajada bajardi.











