Foto: Kun.uz

Eron va Saudiya Arabistoni qariyb yarim asrdan buyon mintaqadagi yetakçilikni öz qöliga oliş uçun raqobat qilib keladi. 2016 yil yanvarida Eron rasmiylari Saudiyada shia ruhoniysi Nimr an-Nimraning qatl etilişini tanqid qilgani va Tehrondagi qirollik elçixonasi yoqib yuborilganidan keyin rasmiy Ar-Riyod Eron bilan diplomatik aloqalarini uzgandi. Joriy yil mart oyida Xitoy vositaçiligida ikki davlat örtasida yaraşuv jarayoni boşlandi. Mamlakatlar diplomatik munosabatlarni tiklaşga kelişib olişdi. Şunday bölsa-da, Eron va Saudiya Arabistoni örtasidagi aloqalarni istalgan paytda keskinlaştirib yuborişi mumkin bölgan bir qator omillar mavjud.

Diniy tafovut. Hududida islom dini dunyoga kelgan Saudiya Arabistoni tarixan özini islom olami yetakçisi deb hisoblab keladi. Eron esa asosan şialardan tarkib topgan mamlakat. Ikki tomonlama qarama-qarşilik boşlanişi 1979 yilga töğri keladi. Eronda ğarbparast Şoh Muhammad Pahlaviy taxtdan ağdariladi va islom respublikasi taşkil etiladi. Siyosiy hokimiyat oyatulloh boşçiligidagi dindorlar qöliga ötadi.

Şundan söng Tehron xorijdagi shia guruhlari va partiyalarini qöllab-quvvatlay boşlaydi. Islom inqilobini boşqa musulmon mamlakatlarga eksport qiliş keng miqyosda tarğib qilina boşlanadi. Saudiya Arabistoni, Bahrayn va Kuvaytda mahalliy rejimlarga qarşi şialar harakati kuçayadi.

Ar-Riyod doimo Eron Yaqin Şarqdagi örnini yanada mustahkamlab, yetakçiga aylanişidan xavfsirab keladi, şialar davlati ta’siri kengayişini istamaydi. Çunki, Tehronning «Shia yarim oyi» (Shia crescent) konsepsiyasini Saudiya Arabistoni öz hududiy yaxlitligiga tahdid deb biladi. Saudiya aholisining 10-15 foizini şialar taşkil etadi va ular mamlakatning neftga eng boy bölgan şarqiy viloyatlarida yaşaydi. 

Mintaqadagi yetakçilik uçun kuraş. Forslar Erondan tortib to Örta Yer dengizigaça çözilgan hududda nazoratni qölga kiritiş uçun mintaqadagi yetakçi kuçga aylanişga intilib keladi. Ayniqsa, Iroqda Saddam Husayn rejimi ağdarilişidan keyin rasmiy Tehronning ta’sir doirasi sezilarli darajada kengaydi. Bu esa bir qança nuqtalarda Saudiya va Eron manfaatlari töqnaşişiga sabab bölmoqda.

Eron va Saudiya Arabistoni şu paytga qadar bir-biri bilan bevosita uruş olib bormagan. Asosan ular tomonidan qöllab-quvvatlanayotgan kuçlar mintaqadagi qurolli töqnaşuvlarda qatnaşib keladi.

Masalan, Yamanda 2014 yil avgustdan beri fuqarolar uruşi davom etib kelmoqda. Uşbu ixtilofda Saudiya Arabistoni boşçiligidagi koalitsiya hukumat kuçlarini qöllab-quvvatlab keladi. Eron esa mamlakatdagi şialar jamoasi hisoblanuvçi isyonçi husiyçilarga harbiy va moliyaviy yordam körsatadi.

Öz navbatida, Saudiya Arabistoni Suriyada Başar Asadni ağdariş uçun kuraş olib borayotgan kuçlarni qöllab-quvvatlaydi. Başar Asad esa Eronning asosiy ittifoqçisidir. Tehron Asadni şialarning alaviylar tarmoğiga mansubligi uçun ham qöllaydi. Suriya Eron uçun Livandagi «Hizbulloh» harakatini qurol-yaroğ bilan ta’minlaşdagi yölak sifatida ham xizmat qiladi.

Şuningdek, Eron Saudiya Arabistonini Livandagi vaziyatni beqarorlaştirişga harakat qilişda ayblaydi, bu yerda hukumat asosan şialardan iborat «Hizbulloh» tomonidan şakllantiriladi.

Bu borada Saudiya Arabistonining ittifoqçilari qatorida sunniy davlatlar – BAA, Kuvayt, Bahrayn, şuningdek, Misr va Iordaniyani körsatiş mumkin.

Suriya hukumati, Livan va asosan şialardan iborat Iroq hukumati ham Eronning yaqin ittifoqçilari hisoblanadi.

Geostrategik şeriklar turliçaligi. Saudiya Arabistoni AQŞning islom dunyosidagi asosiy arab ittifoqçisi hisoblanadi. Eron Yaqin Şarq mintaqasi uzoq vaqt davomida AQŞ va boşqa Ğarb davlatlari tomonidan ekspluatatsiya qilingan va Saudiya Arabistoni bunda katta rol öynagan deb biladi hamda AQŞni özining asosiy duşmani deb hisoblaydi.

Saudiya Arabistonida AQŞ harbiy bazalari mavjudligi Qöşma Ştatlarni birinçi raqamli duşman deb hisoblagan Tehron rejimi uçun xavotirli omil hisoblanadi. Öz navbatida,Ar-Riyod Eronning yadro quroliga ega böliş tomon intilişlarini kekin qoralaydi va öziga nisbatan tahdid sifatida baholaydi. Amerika harbiy bazalarining mamlakat içida mavjudligini ham şu omil bilan izohlaydi.

Oxirgi yillarda Ğarb davlatlarining Saudiya Arabistonini qöllab-quvvatlaşi, Rossiyaning esa Eronga yordam körsatayotgani vaziyatni yanada murakkablaştirdi. Çunki Rossiya va Eron örtasidagi munosabatlar tölaqonli mudofaa sohasidagi hamkorlikka aylanib ketdi. Eron Rossiya texnologiyasi va mutaxassislari yordamida öz yadroviy dasturini rivojlantirayotgani haqidagi ma’lumotlar mavjud.

Neft omili. Saudiya Arabistoni ham Eron ham yirik neft işlab çiqaruvçi va uni eksport qiluvçi davlatlardir. Bozorlar va neft narxlarini nazorat qiliş uçun raqobat ham ularning munosabatlariga ta’sir qiladi. Şu sababdan ham oxirgi paytlarda Xitoy uşbu mamlakatlar örtasidagi munosabatlar normallaşuvida katta rol öynamoqda. Çunki Pekin energiya resurslarining global miqyosdagi eng katta iste’molçilaridan biri hisoblanadi va barqaror energiya ta’minotidan eng köp manfaatdor mamlakat.

Xulosa örnida şuni aytiş mumkinki, ayni paytda ikki davlat örtasidagi diplomatik aloqalar qayta tiklangan bölsa-da, strukturali ziddiyatlar yöqolgani yöq.

Doston Ahrorov tayyorladi