Namangan şahridagi tikuvçilik faoliyatiga ixtisoslaşgan mas’uliyati çeklangan jamiyatga qaraşli xonadonda elektr energiyasidan noqonuniy foydalaniş holati aniqlangan.
Unda MÇJ mas’ullari tomonidan elektr hisoblagiçdan taşqari tarmoqqa yaşirin ravişda ulangan holda foydalanib kelinişi natijasida 422 million 897 ming sömlik elektr energiyasi talon-toroj qilingan.
Namangan şahrida kuzatilgan boşqa holatda esa savdo va umumiy ovqatlaniş binosida qonunga xilof ravişda 113 million 741 ming sömlik elektr energiyasi talon-toroj qilingani aniqlandi.
Mazkur holatlar yuzasidan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.











