22 noyabr, çorşanba kuni Aleksey Navalniy jamoasi özining YouTube-kanalida suriştiruv videosini e’lon qildi, unda sönggi bir neça yil içida oilalari Birlaşgan Arab Amirliklarida haşamatli köçmas mulk sotib olgan Davlat dumasining 13 nafar deputati haqida söz yuritdi. «Davlat dumasi deputatlari har kuni ruslar hayotini doimiy ravişda yomonlaştirib, birin-ketin odamxörlik qonunlarini qabul qiliş bilan şuğullanadi. Va şu bilan birga öz qonunlarini yaxşilaydi. Televizorda ular Rossiyaning asosiy vatanparvarlari sifatida körinadi, lekin aslida ular çet elda köçmas mulk sotib olib, uni öz qarindoşlari nomiga rasmiylaştirmoqda», deyiladi Amirliklarning eng yirik şahri - Dubayning yer reyestri saytidan olingan ma’lumotlarga asoslanib, «Dubayga safarbar qilinganlar. Davlat dumasi deputatlari BAAda kvartiralar sotib olmoqda» videosi şarhida. 

Rossiyalik muxolif siyosatçining tarafdorlari Dubaydagi köçmas mulklar, xususan, hukmron «Yagona Rossiya» partiyasi deputatlari Vladislav Reznik, Pavel Fedyayev, Saygidpaşa Umaxanov, Aleksandr Sidyakin va boşqalarning qarindoşlariga tegişli ekanligini da’vo qilmoqda. Şu tariqa, 2022 yilda Reznikning rafiqasi Diana Gindin Dubayda har biri 165 kvadrat metr maydonga ega ikkita kvartira sotib olgan, 2023 yilda esa «Yagona Rossiya» deputatining oilasi Palm Beach Towers köp qavatli inşootida panoramali körinişga ega uçinçi kvartirani xarid qilgan. Öz navbatida, «Mehr-şafqat va tartib» vatanparvarlik jamoat taşkiloti asosçisi, «Yagona Rossiya» a’zosi Grigoriy Anikeyev maşhur Palm-Jumeyra orolida 1200 kvadrat metr maydon va 557 kvadrat metr terrasaga ega prezidentlik penthausini sotib olgan. 

«Deputatlik qurultoylari va ovoz beriş tez orada Palm-Jumeyra plyajida ötkazilişi mumkin» 

Suriştiruvçilar, şuningdek, Dubayda deputatlar, senatorlar, vazirlar va sudyalar uçun xorijiy köçmas mulkka egalik qilişni taqiqlovçi qonun loyihasi taşabbuskori LDPR deputati Vladimir Koşelevning taxminiy qiymati 180 million rublga teng bölgan kvartirasini ham topdi. «Yaqinda Palm-Jumeyra plyajida deputatlar qurultoyi va ovoz beriş, Burj Xalifada esa qömita yiğilişlari ötkazilişi mumkin. Keyin öşa deputatlar xotirjamlik bilan sizga safarbar qilinganlar qaytib kelmasligini aytadi. Keçirasiz, rotatsiya bölmaydi. Ular maxsus harbiy operatsiya tugaguniga qadar, barça maqsadlarga erişilgunga qadar u yerda böladi», — deyiladi suriştiruvda. 

Bundan taşqari, suriştiruv Ukrainada jang qilayotgani aytilayotgan deputatlarning aviaparvozlari haqida ma’lumot beradi. Navalniy tarafdorlarining sözlariga köra, Vitaliy Milonov va Oleg Golikov Soçida bölişiga qaramay, «frontdan» suratlarini bir neça bor e’lon qilgan, Adam Delimxonov esa rasman «frontda» bölganida, Moskvadan Grozniyga parvoz qilgan.