Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Kiyevdagi Grain from Ukraine xalqaro sammiti yakunlari böyiça ötkazilgan matbuot anjumanida Qora dengizda don ortilgan kemalar xavfsizligini ta’minlaş yöli topilganini ma’lum qildi.

«Biz hamkorlarimiz bilan kelişib oldik va don taşuvçi kemalar xavfsizligini kafolatlaş uçun harbiy kemalardan foydalanamiz. Bizda allaqaçon kemalarni qabul qiliş böyiça aniq kelişuvlar mavjud. Bu yaqin kelajak masalasi», dedi Zelenskiy.

Ukraina rahbarining sözlariga köra, Odessa viloyati qöşimça havo hujumidan mudofaa tizimlari bilan himoyalanadi, bu borada Ukraina öz hamkorlari bilan kelişib olgan.

«Juda aniq komplekslar allaqaçon hamkorlar tomonidan yuborilgan va aytişim mumkinki, bu masala allaqaçon kelişilgan. Tez orada bu mintaqa juda kuçli havo mudofaasi bilan himoyalanadi. Biz uçun nafaqat kemalar, balki u yerda yaşovçi odamlar ham muhim», dedi Ukraina prezidenti.

Zelenskiyning ta’kidlaşiça, Ukraina uçun Rossiya iştirokisiz «don yölagi»ning paydo bölişi yilning eng katta yutuqlaridan biri böldi.

Iyul oyida Rossiya Qora dengizdagi Ukraina portlaridan don eksporti böyiça «ğalla bitimi» kelişuvidan çiqdi. Moskva kelişuvlarning Rossiya talablari bilan boğliq qismi bajarilmaganini aytdi.

Şundan söng, Rossiya Mudofaa vazirligi Qora dengiz orqali Ukraina portlariga ketayotgan barça kemalarni «harbiy nişonlar» deb atadi. Bundan taşqari, Rossiya harbiylari Odessa viloyatini, jumladan, kelişuv doirasida foydalanilgan mintaqa port infratuzilmasini öqqa tuta boşladi.

Avgust oyida Ukraina rasmiylari Qora dengizda vaqtinçalik yölaklar yaratilganini e’lon qilgan edi. Ularning ta’kidlaşiça, uşbu yönalişlarda Rossiya harbiylari va minalarga yöliqiş xavfi saqlanib qolmoqda.