Va bularning barçasi qanday saylov haqida gap ketayotgani tuşunarsiz bölgan, saylov qaçon bölişi, umuman ötkaziliş yoki ötkazilmasligi ham aniq bölmagan bir zamonda sodir bölmoqda.

Bu nimaga kerak özi?

Bu borada tuğiladigan birinçi savol şunday böladi: uruşayotgan mamlakatda saylov haqida qanday gap bölişi mumkin? Ularni ötkaziş nimaga kerak? Töğri, 31 oktyabrda Oliy Rada uçun parlament saylovi ötkazilişi kerak edi. Töğri, 2024 yil mart oyida prezidentlik saylovi bölişi kerak. Lekin Ukraina uruşayotgan bir vaqtda qanday saylov haqida gap bölişi mumkin?

BBC uşbu savollarga javob izladi.

Birinçidan, Ğarbdagilar saylov ötişi kerak degan ğoyani qöllaydi. Çunki ularning fikriça, Ukraina özini demokratik davlat deb hisoblasa, demokratiyaning ajralmas qismi bölmiş saylovlarni ötkazişi kerak. Ya’ni ular Ukraina demokratik qadriyatlarga sodiq ekanini isbotlaş uçun saylovni ötkazişga imkon topişi kerak deb hisoblaşadi. Garçi uruş vaqtida risoladagidek saylov ötkaziş imkonsiz bölsa ham.

Şuningdek, Volodimir Zelenskiy saylov ötkazilmasa, rus propagandasi uni «nolegitim» va «lavozimga yopişib olgan» deb atay boşlaşidan qörqadi degan yarimkonspirologik qaraş ham mavjud. Bu vaqtda Vladimir Putin 2024 yilgi Rossiya prezidentligi uçun saylovda ğolib bölişi deyarli aniq.

Ikkinçidan, Ukrainadagi amaldagi hukumatda ham saylovni keçiktirmay ötkaziş uçun asoslar yetarli. Masalan, Zelenskiyning reytingi hamon mamlakatdagi siyosatçilar orasida eng yuqori – 70 foizdan balandroq.

«Bu raqamlar saylov reytingida ham şu körinişda bölişi mumkin. Vaziyatga qöyilgan maqsadlar va siyosiy texnologiyalar tomonidan qaraş kerak. Işonç reytingi yuqori bölib turgan vaqtda avval prezidentlik, keyin parlament saylovini, balki ikkalasini bir vaqtda ötkazib oliş hukumat manfaatlariga töliq mos keladi», deydi BBC bilan suhbatda Ukraina Saylovçilar qömitasi rahbari Oleksiy Komeş.

Bu boradagi uçinçi variantni esa Ukraina prezidentligi uçun saylovda qatnaşişi haqida oçiq gapirayotgan mamlakatdagi yagona maşhur siyosatçi Oleksiy Arestoviç faol tarğib qilmoqda. Uning fikriça, Zelenskiy boşçiligidagi amaldagi Ukraina hukumati «oxirgi manziliga yetib keldi». Ularning qabul qilayotgan taşqi va içki siyosatdagi, şuningdek, harbiy qarorlar Ukrainani «öldirmoqda». Şunday ekan, Arestoviç Ukrainadagi boşqaruv tizimi saylov orqali yangilanişi kerak deb hisoblamoqda.

2023 yil yanvariga qadar Arestoviç hukumatning uruşning borişi töğrisidagi asosiy ovozi bölgandi — endi esa u Zelenskiy jamoasining aşaddiy tanqidçilaridan biriga aylangan

Hamma saylov haqida gapirmoqda

Ukrainadagi saylov haqida gapirayotganda avvalo mamlakat qonunlarida bu haqda nima deyilganiga e’tibor beriş kerak. Mamlakat qonunçiligida uruş ketayotgan va harbiy holat e’lon qilingan vaqtda prezidentlik, parlament va mahalliy saylovlar ötkazilişi taqiqlanişi qayd etilgan. Ukrainada 2022 yil 24 fevral kuni harbiy holat e’lon qilingan va hozirda uni bekor qilişga asos körinmayapti.

Boşqa tomondan, Yevropa kengaşi parlamentlar assotsiatsiyasi prezidenti Tini Koks şu yil may oyida Ukraina risoladagidek bölmasa ham haqqoniy saylovlar ötkazişi kerakligini aytgandi. Avgust oyi oxirida Ukrainaga kelgan amerikalik respublikaçi senator Lindsi Grem kelasi yil Ukrianada saylov ötkazilişi kerakligini ta’kidlagan.

Bu bayonotlardan keyin Zelenskiy bir neça marta bu haqda gapirişga majbur böldi. Avvaliga u Ğarb saylovlarni ötkazişni moliyalaştirib, uni kuzatiş uçun nazoratçilar yuboradigan bölsa, saylovlarni ötkazişga tayyor ekanini aytdi. «Hukumatga «yopişib olişibdi» degan qaraş bölişini istamayman», degandi Zelenskiy.

Keyinroq Ukraina prezidenti rumin naşri bilan suhbatda uruş davrida saylov ötkazilsa, nomzodini qöyişi, tinçlik davrida esa va’da berganidek ikkinçi muddatga nomzod bölmasligini aytdi.

Foto: Getty Images

3 noyabr kuni Ukraina taşqi işlar vaziri Dmitro Kuleba bu borada aniq gap aytdi. Uning sözlariga köra, Zelenskiy 2024 yil bahor oyida prezidentlik saylovini ötkaziş variantini örganib çiqmoqda.

BBC'ning Ukraina hukumatidagi manbalari uruş vaqtida saylov ötkaziş variantlarini örganadigan rasmiy va norasmiy guruhlar tuzilganini aytgan. Yaqinda Oliy Rada spikeri Ruslan Stefançuk boşqa mamlakatlar parlamentidagi hamkasblaridan uruş vaqtida qanday saylov ötkazişgani böyiça tajribalarini bölişişni söradi. «Menimça, tez orada biz bu borada qaror qabul qilişimiz kerak», böladi degan u hamkasblariga yuzlanar ekan.

Nihoyat, şu kunlarda Kiyevda Ukrainaning alohida hududlarida saylov bölmasligini kim va qanday belgilaşi böyiça qonun loyihasining yopiq taqdimoti ötkazilgan. Bularning barçasi eski latifani eslatib yuboradi: ikki yoş restoranda yuz kişilik joy band qiladi, yakşanba kuniga ruhoniyni ham çaqirtirib qöyişadi, yetmaganiga qiz kelinlik libosini ham sotib oladi. Odamlar esa «Albatta, hamma narsa bölişi mumkin, lekin ular katta ehtimol töyga tayyorlanmoqda», deyişadi. Ukrainadagi siyosiy vaziyat ham şunaqa: hukumat har qanaqasiga talqin qiliş mumkin bölgan biror bayonot beradi, lekin ular katta ehtimol bilan saylovga tayyorlanmoqda.

Volodimir Zelenskiy 6 noyabrdagi har kunlik çiqişida jamoatçilik e’tiborini saylovga qaratişga intilayotganlarni mas’uliyatsiz deb atagandi. «Hozir saylov vaqti deb öylamayman. Agar qandaydir siyosiy tortişuvga nuqta qöyib, birgalikda işlaşda davom etiş kerak bölsa, Ukrainaga qarşi öyinlarga imkon qoldirmaslik uçun davlatda istalgan masalaga nuqta qöyadigan, odamlarga kerakli javobni bera oladigan tuzilmalar bor», dedi Zelenskiy.

Prezidentning bu sözlari uning harbiy holat yakuniga qadar saylov ötkaziş mumkinligi haqida aytgan avvalgi bayonotlariga mos kelmaydi.

Qonun imkon bermaydi, lekin...

Uruş holatida saylov ötkazişni taqiqlovçi qonundagi çeklov-çi, deysizmi? Ukraina siyosatidagi eng asosiy qoida quyidagiça: «Agar mumkin bölmasa-yu, xohiş juda baland bölsa, amallasa böladi». Bu holatda mana şu «qoida» töliq işlaşi mumkin.

Ukrainada uruş vaqtida saylov ötkaziş nafaqat «Harbiy holat töğrisidagi» qonunda, balki Saylov kodeksida ham taqiqlangan. Konstitutsiyada esa bu haqda heç gap yöq. Agar saylov ötkaziş kerak bölsa, siyosatçilar sizga konstitutsiya eng oliy qonun ekanini eslatişadi.

Saylov böyiça ekspertlar yuqoridagi tartibni rad etişadi, çunki Ukraina konstitutsiyasida parlament a’zolarining muddati harbiy holatda yakunlanadigan bölsa, Oliy Rada eski tarkib bilan harbiy holat e’lon qilingandan keyin saylangan yangi parlamentning birinçi majlisigaça işlaşda davom etadi. Ammo boşqa jihatdan, konstitutsiyada harbiy holatda Oliy Radaga saylov ötkazib bölmasligi haqida heç nima deyilmagan. Uruş vaqtidagi prezidentlik saylovi haqida ham Ukraina konstitutsiyasida heç qanday gap yöq.

BBC bilan suhbatlaşgan hukmron «Sluga naroda» partiyasi vakilining sözlariga köra, saylov ötkaziş uçun şunçaki saylov kodeksi va «Harbiy holat töğrisida» qonunni özgartirib qöyişning özi kifoya. Bu özgarişlarni qöllab parlamentda köpçilik ovoz berişi kerakligi esa alohida masala.

«Hozirgi Rada deputatlari bu çaqiruv ular uçun oxirgisi ekanini tuşunib turibdi. Şu sabab, agar Zelenskiy xohlasa, prezident saylovi uçun parlamentda kerakli ovozni yiğa oladi. Lekin parlament saylovi borasida bunday köpçilik örinni oliş imkonsiz», deydi «Golos» muxolif fraksiyasi deputati Yaroslav Jyeleznyak.

Zelenskiy asos solgan «Sluga naroda» partiyasi vakili BBC bilan suhbatda aytişiça, yangi parlament saylovi ayni damda parlamentda hukmron bölib turgan partiya tugaşiga olib keladi. Çunki Zelenskiy partiyasining reytingi tuşib ketgan.

Rossiya Ukrainaga bostirib kirişidan avval ham bu partiya reytingi turli mojarolar, xususan, kadrlar tanlaş siyosati tanqidga uçraşi fonida tuşib ketgandi. Masalan, prezidentni qöllovçi otryadlar taşkil qilingani saylovçilarga umuman yoqmagan. Uruş muammolarni faqat keskinlaştirdi.

Xavfsizlik, harbiylar, qoçoqlar

Foto: Reuters

Saylovni ötkaziş oson bölmasligi aniq. Ukraina hukumati kampaniya taşkil qiliş jarayonidayoq juda köp javoblari haqida hatto boş qotirilmagan savollarga javob berişi kerak böladi. Birinçi va asosiy masala – xavfsizlik. Har kuni hatto front çiziğidan yuzlab kilometr uzoqda bölgan şaharlarda havo hujumidan ogohlantiruvçi trevoga sirenalari çalinadi. Har kuni fuqarolik obektlari raketa zarbalariga uçramoqda.

«Barça saylov kampaniyalari manzillari e’lon qilinadi. Şuning uçun agar Rossiya saylov jarayonini qonga botirmoqçi bölsa, Grozadagi dahşatni osongina takrorlaşi mumkin», deydi siyosatşunos Oleksiy Koşel. U Grozadagi marhumni xotirlaş marosimida tinç aholi vakillari bölgan 56 kişi öldirilgan raketa zarbasini nazarda tutgan.

Uruş holatida saylov ötkazilganda saylovçilar ham, saylov komissiyasi a’zolari ham xavf ostida böladi. Bundan taşqari, havo hujumidan trevoga sirenalari çalinganda byulleten solingan qutilarga nima böladi?

Uruş holatidagi Ukrainaga qaysi davlat va xalqaro taşkilot öz tekşiruvçilarini yuborişi ham muammolardan biri. Axir xalqaro kuzatuvçi heç qanday xavfsizlik protokoliga töğri kelmaydigan xavfli şaroitda işlaşiga töğri keladi.

Foto: EPA-EFE/REX/SHUTTERSTOCK

Yana bir muammo – saylovda harbiylar qanday iştirok etişi bilan boğliq. Öqlar yomğiri va tinimsiz portlaş bölayotgan şaroitda qanday qilib saylov ötkaziş mumkin? Bu yerda boşqa bir muammo ham kelib çiqadi: ukrainalik harbiylar saylovda öz nomzodini körsatiş imkonidan ham mahrum böladi. Bu fakt saylov taşkilotçilarini qiyin ahvolga tuşirib qöyadi. Axir hozir Ukrainada harbiylarning reytingi hammanikidan baland-ku.

«Ukraina parlamentida ötirişi kerak bölgan odamlar hozir jang maydonida. Ularsiz saylov ötkaziş adolatdan emas», deydi muxolif deputat Yaroslav Jyeleznyak.

Öz nomini oşkor qilişni istmagan boşqa bir muxolif deputat esa hukumat aynan harbiylar saylovda qatnaşa olmasligi sabab uni tezroq ötkazişni istaydi. Axir çindan Zelenskiyga raqobat qila oladigan mamlakatdagi yagona nomzod boş qömondon Valeriy Zalujniy-ku. General saylov vaqtida armiyani taşlab ketmaydi va nomzodini qöymaydi. Bunday holatda Zelenskiy muammosiz ğolib böladi.

Valeriy Zalujniy. Foto: Getty Images

Yana bir muammo qoçoqlar. Ukraina uruş boşlanganidan buyon qança fuqarosi mamlakatdan çiqib ketganini aniq bilmaydi ham. Bu raqamlar 3 milliondan 7 milliongaça bölişi mumkin. Lekin ular aynan qayerda joylaşgan, saylovda qatnaşa oladigan holatdami – noma’lum. Şuningdek, Ukraina mamlakatdan taşqarida bölgan odamlarning saylovda xavfsiz iştirokini ta’minlay olişi ham söroq ostida.

Masalan, hozir Polşada 1 milliondan ortiq ukrainalik bölib turibdi. Saylov qonunçiligiga köra, ovoz beriş jarayoni öşa mamlakatdagi elçixonada ötkazilişi kerak. Polşada Ukrainaning törtta elçixona binosi borligi hisobga olinsa, ular bu qoçoqlarning faqat bir qisminigina qabul qila oladi.

Albatta, bu muammoni hal qiliş mumkin: ukrainaliklar bölib turgan mamlakatlarda vaqtinçalik saylov uçastkasi taşkil qilinsa, Yevropa davlatlari bu borada Ukrainaga yordam berişga tayyorligini ham aytib bölgan, lekin bunday saylov ötkaziş uçun qonunçilikni özgartiriş, qöşimçasiga saylov ötkaziladigan davlatlar bilan taşqi işlar vazirlari darajasida uçraşuvlar ötkaziş kerak.

BBC ma’lumotlariga köra, hozirgaça Kiyev taşabbusi bilan bunday uçraşuvlar ötkazilmagan. Yana bir savol: ukrainalik qoçoqlar bölib turgan davlatlarda taşkil qilinadigan saylov uçastkalari, saylovlarni ötkaziş uçun kim pul beradi? Masalan, bu borada Germaniya bilan muzokaralarda söz borgan va nemislar öz hududlaridagi ukrain saylovlarini moliyalaştiriş uçun «ölib-tirilmayotgani» aniq sezilgan. Kiyev katta ehtimol boşqa davlatlarda ham şunday muammoga duç keladi.

Ukraina saylovlari haqidagi muhokamalarda ovoz berişni «Dia» davlat xizmatlari ilovasi orqali ötkaziş fikriga tez-tez duç keliş mumkin. Bu ilova mamlakat içkarisi va taşqarisidagi millionlab ukrainaliklar telefonida örnatilgan.

Kiyevning Ğarbdagi ittifoqçilari esa uruş vaqtidagi elektron saylovlarga sovuqqonlik bilan qaramoqda. Aniqroği, ular Ukraina ilova orqali ovoz berilsa, saylovçilarning ma’lumotlarini maxfiy saqlab qolişiga unçalik işonişmayapti. «Dia» asosçilaridan bölgan Ukraina raqamli transformatsiya vaziri Mixaylo Fedorov hozirça saylovni ilova orqali ötkaziş muhokama qilinmaganini aytgan.

Xalq saylovga qarşi

Taşkilotçilar uçun eng jiddiy muammo odamlarning kayfiyatidir. Şunçaki saylovni ötkaziş va jarayon ukrainaliklar tomonidan qöllanişiga erişişning özi qiyin masala.

Ukrainada uruş boşlanişi bilan e’lon qilingan harbiy holat faqat har kuni çalinadigan trevoga sirenalaridan iborat emas. Bu ommaviy tadbirlar bekor qilingani, axborot maydoni hukumat tomonidan monopollaştirilgani, eng maşhur telekanallar «yagona marafon» propagandaçi loyihalariga aylantirilgani va uruşgaça juda maşhur bölgan siyosiy şoularning bekor qilingani degani hamdir.

Tölaqonli saylov kampaniyasi ötkaziş esa hukumatdan «murvatlarni böşatiş»ni talab etadi. Natijada tört tomondan hukumat pozitsiyasiga töğri kelmaydigan bayonotlar aytila boşlanadi. Bunday muhitda Zelenskiy va Ukraina hukumati ular uçun yoqimsiz bölgan savollarga javob berişiga töğri keladi. Hukumat hozirça bunday qadamlarga yöl oçişi aniq emas.

«Agar saylov kampaniyasi ötkazilsa, barça nomzodlarning obrösiga putur yetadi. Jamoatçilik saylovdan keyin çuqur tuşkunlik holatida bölmasligiga heç kim kafolat berolmaydi. Hozir saylov ötkazilişi kerak deb aytayotganlar mamlakatni qanday olovga itarayotganidan xabari yöq», deydi BBC bilan suhbatda prezident Zelenskiy jamoasi a’zosi.

Ukraina saylov ötkaziş uçun pulni qayerdan olişi ham aniq emas. Axir umummilliy saylov ötkaziş arzon iş emas. Intervyularidan birida Zelenskiy saylov ötkaziş uçun 5 milliard griven (140 million dollar) kerak bölişini aytgandi. Odamlar zörğa kun körayotgan va armiya ehtiyojlari uçun grivnalab pul yiğilayotgan bir mahalda bunçalik katta pul şunçaki saylov ötkaziş uçun sarflab yuborilişi odamlar kayfiyatiga salbiy ta’sir qiladi.

BBC bilan suhbatlaşgan Zelenskiy jamoasi vakilining aytişiça, saylov uçun pul topiş muammo bölmaydi, Ğarb kerakli pulni berişi mumkin. Ammo oxirgi vaqtlarda Ukrainaga yordam keng muhokama qilinayotgan bir vaqtda bunday yordam puli beriş masalasida tortişuvlar bölişi aniq.

Yuqoridagi omillardan kelib çiqib, hozir Ukraina jamoatçiligi saylovga salbiy qaramoqda deyiş mumkin. Razumkov markazi tomonidan ötkazilgan sörovga köra, ukrainaliklarning ba’zan 64 foizi, ba’zan 81 foizi saylov uruşdan keyin ötişi kerak deb hisoblaşini ma’lum qilgan.

Kutilmaganda «uçinçi sektor» ham saylov ötkazişga qarşi çiqdi. Yuzdan ortiq jamoatçilik taşkilotlari saylov ötkaziş fikridan qaytiş va bu mavzuga yopişib olişni bas qilişga çaqirdi.

«Uruş va saylov birga bölişi mumkin emas. Bu xavfli jarayon saylovning ham, saylov organlarining ham legitimligi yöqotilişiga olib keladi. Oqibatda vaziyat yanada izdan çiqadi», deyiladi xususan bunday bayonotlarda.

«Saylovlar mustaqil tarzda demokratiyani aks ettira olmaydi. Şunçaki ovoz beriş jarayonini ötkazib qöyiş demokratiya degani emas. Rossiya va Belarusda qoğozda ovoz beriş ötkaziladi, ba’zi xalqaro tekşiruvçilar bu jarayonni «saylov» deb ataydi, lekin ularning ikkisida ham demokratiya yöq», deyiladi yuqoridagi bayonotlarda saylov tarafdorlariga qarata.

BBC'ning muxolif fraksiyadagi suhbatdoşi ğarblik diplomatlar bilan suhbatiga tayanib aytişiça, bu bayonotlar Ukrainaning Ğarbdagi ittifoqçilari tomonidan iliq kutib olingan.

«Amerika isteblişmentining bir qismi amalda uruş yakuniga qadar saylov ötkazilişiga qarşi emas. Faqat saylovlar soxtalaştirilmasligi şarti bilan. Agar ovozlar soxtalaştirilsa, Putin buni dunyoga demokratiyaning halokati deb namoyiş qiladi», degan Vaşingtondagi Ukraina böyiça yopiq ekspertlar muhokamasida iştirok etgan manba.

Hammasini prezident hal qiladi

BBC bilan suhbatlaşgan barça manbalar saylov borasida qaraşidan qat’i nazar bir fikrni takrorlagan: salov ötiş yoki ötmasligini Zelenskiy hal qiladi. Uning jamoasidagi suhbatdoş prezident bu borada aniq qarorga kelmagani, Zelenskiy öz fikrini dekabrda bildirişi kutilayotganini aytgan. Ba’zi naşrlar Zelenskiy ofisiga tayanib saylovlar 2024 yil martda emas, may oyida ötkazilişi mumkinligi haqida yozmoqda.

Zelenskiyning ikkilanayotganini tuşuniş mumkin. Bir tomondan, hukumat şundoğam tölaligiça uning qölida. Ikkinçi tomondan, ijtimoiy sörovlar hukumatga işonç pasayib borayotganini körsatmoqda. Şu sabab hali hammasi öz nazoratingda bölgan vaqtda muddatni yangilab oliş ham yomon variant emas. Çunki uruşdan keyin saylovni yutiş oson bölmaydi.

Şuningdek, odamlar saylovni talab qilmayotgani ham Zelenskiyni öylantirayotgan bölişi mumkin.

«Ukraina uruşmoqda. Prezident esa Oliy boş qömondon. Men, oddiy ukrainalik sifatida qömondon bunday vaqtda xayolini uruşga emas, Ukrainaga xalqaro yordamga emas, saylovda qanday ğalaba qozonişga qaratişini istamayman», degan BBC bilan suhbatda deputat Yaroslav Jyeleznyak.

Nihoyat, «qora oqquş» omillarini hisobdan çiqarib bölmaydi.

Uruş boşlanganidan buyon Ukraina siyosiy sahnasi keskin özgarib ketdi. Uruşgaça uning asosiy aktyorlaridan bölgan va siyosat yulduzlari deb qaralgan Yuliya Timoşenko va parlamentning sobiq spikeri Dmitriy Razumkov sönib qoldi. Keyin Oleksiy Arestoviç, Mikolayiv gubernatori Vitaliy Kim, kriminal ötmişli agrar tadbirkor Oleksandr Povoroznyuk kabilar uruş boşida yaqqol porladi. Endi ularning maşhurligi ham tuşib bormoqda.

Heç kim titrab turgan ukrain jamiyatida ertagayoq boşqa qahramon topilmasligiga kafolat bera olmaydi. «Saylovda ham kutilmagan narsalar bölib ketişi mumkin. Bizning holatimizda, şartli ravişda aytadigan bölsak, Patron ismli it ham saylovda ğolib bölişi mumkin», deydi siyosatşunos Oleksiy Koşel.

Balki şuning uçundir, Ukrainadagi yirik siyosiy partiyalar hali ijtimoiy şirkatlarga saylov böyiça sörovnoma buyurtma qilgani yöq. Ular bundan mantiq yöq deb öylaşgan.

Ammo yuqorida aytilganidek, bir kişining irodasi bilan barçasi özgarib ketişi heç gap emas. Ukraina siyosatida bunaqasi bölib turadi.