Adliya vazirining «Şaxsga doir ma’lumotlarga işlov berişning namunaviy tartibini tasdiqlaş haqida»gi buyruği qabul qilindi.
Namunaviy tartib:
şaxsga doir ma’lumotlarga işlov beriş va himoya qiliş tartibini;
şaxsga doir ma’lumotlarga işlov beriş prinsiplari, maqsadlari hamda şartlarini;
şaxsga doir ma’lumotlar bazasining mulkdori va (yoki) operatorining huquq va majburiyatlarini belgilaydi.
Mulkdor va (yoki) operator yoxud uçinçi şaxs tomonidan şaxsga doir ma’lumotlarga işlov berişda quyidagi talablarga rioya qilinişi lozim:
şaxsga doir ma’lumotlarga işlov berişni aniq va oldindan belgilangan maqsadlarda amalga oşiriş;
şaxsga doir ma’lumotlarga işlov berişda maqsadlari bir-biriga mos kelmaydigan şaxsga doir ma’lumotlar bazalarini birlaştirişga yöl qöyilmaslik;
şaxsga doir ma’lumotlarning aniqligi, işonçliligi, yaxlitligi va butligini ta’minlaş;
agar şaxsga doir ma’lumotlarni saqlaş muddati qonunçilikda yoki sub’yekt bilan tuzilgan şartnomada belgilanmagan bölsa, şaxsga doir ma’lumotlarni ularga işlov beriş maqsadlariga erişiş muddatidan ortiq bölmagan muddatga saqlaş;
agar qonunçilik hujjatlarida boşqaça qoida nazarda tutilgan bölmasa, işlov berilayotgan şaxsga doir ma’lumotlar işlov beriş maqsadlariga erişilgandan söng yoki uşbu maqsadlarga erişiş zarurati yöqolgan taqdirda yöq qilinişi yoki egasizlantirilişini ta’minlaş.
Şaxsga doir maxsus ma’lumotlarga işlov beriş uçun sub’yektning roziligi yozma şaklda yoki elektron hujjat tarzida olinişi lozim.
Ofertada (ommaviy şartnomada) şaxsga doir ma’lumotlarga işlov berişning maqsadlari aniq körsatilgan taqdirda, ofertani (ommaviy şartnomani) qabul qiliş (tasdiqlaş) sub’yektning şaxsga doir ma’lumotlarga işlov berişga roziligi deb hisoblanadi.
Sub’yektning mulkdor va (yoki) operatorning xizmatlaridan foydalaniş uçun belgilangan talab va şartlarga rozilik berişi mulkdor va (yoki) operator tomonidan sub’yektning şaxsga doir ma’lumotlariga işlovga berişga roziligi hisoblanadi.
Sub’yekt yoki uning qonuniy vakili şaxsga doir ma’lumotlarga işlov beriş töğrisidagi roziligini istalgan vaqtda qaytarib oliş huquqiga ega.
Şaxsga doir ma’lumotlarga işlov beriş uçun sub’yektning roziligi bilan quyidagi ma’lumotlar körsatilişi lozim:
operatorning nomi, STIRi (jismoniy şaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi, JŞŞIR);
sub’yektning familiyasi, ismi va otasining ismi, şaxsini tasdiqlovçi hujjat ma’lumotlari;
şaxsga doir ma’lumotlarga işlov beriş maqsadlari;
sub’yektning işlov berişga rozilik berilayotgan şaxsga doir ma’lumotlari röyxati;
şaxsga doir ma’lumotlarga işlov berişga rozilik amal qiladigan muddat yoki davr;
şaxsga doir ma’lumotlarni uçinçi şaxslarga beriş va (yoki) uşbu ma’lumotlarni transçegaraviy uzatişga roziligi;
şaxsga doir ma’lumotlarni hamma foydalanişi mumkin bölgan manbalarda tarqatişga roziligi;
boşqa ma’lumotlar.
Tarixiy, statistik, sotsiologik, ilmiy tadqiqotlar ötkaziş uçun şaxsga doir ma’lumotlarga işlov berilayotganda mulkdor va operator, şuningdek uçinçi şaxs bu ma’lumotlarni egasizlantirişi şart. Şaxsga doir ma’lumotlarni egasizlantiriş uçun sub’yektning roziligini oliş talab etilmaydi.
Şaxsga doir ma’lumotlarni egasizlantiriş şaxsga doir ma’lumotlarni tiklaş imkoniyatini istisno qiladi.
Şaxsga doir ma’lumotlar mulkdor va (yoki) operator, şuningdek uçinçi şaxs tomonidan quyidagi hollarda 3 kun içida yöq qilinişi lozim:
şaxsga doir ma’lumotlarga işlov beriş maqsadiga erişilganda;
sub’yektning şaxsga doir ma’lumotlarga işlov beriş uçun berilgan roziligi çaqirib olinganda;
şaxsga doir ma’lumotlarga işlov berişning sub’yekt bergan rozilik bilan belgilangan muddati ötganda;
sudning qarori qonuniy kuçga kirganda.
Davlat organlari tomonidan şaxsga doir ma’lumotlar sörab olinganda, şaxsga doir ma’lumotlar sub’yektiga bu haqida xabarnoma yuboriladi (bundan davlat siri va qonunçilikka muvofiq foydalaniş çeklangan ma’lumotlarni öz içiga olgan holatlar mustasno).
Xöjalik birlaşmalari, davlat taşkilotlari va muassasalari, nodavlat taşkilotlarga şaxsga doir ma’lumotlar uning sub’yekti roziligi bilan taqdim etiladi.












