Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bölinmalari xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Qoraqalpoğiston Respublikasi Nukus şahrida yaşovçi 27 yoşli J.A. sodir etgani aniqlangan.

Gumonlanuvçi sifatida tergov harakatlariga jalb etilgan J.A. voyaga yetmagan jabrlanuvçilar - S.A. (qiz) va Yu.Ye.ga (qiz) özini qiz bola sifatida taniştirib, ularning işonçiga kiriş orqali bir neçta sir saqlanişi lozim bölgan şaxsiy fotosurat va videolarini qölga kiritib, ularni tarqatiş bilan qörqitib, evaziga 300 AQŞ dollari miqdorida pullarni talab qilib, mazkur pullarni olayotgan vaqtida Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bölinmalari tomonidan aşyoviy dalil bilan uşlanib, tegişli tartibda hujjatlar rasmiylaştirilgan.  

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismi "a" bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, M.A.ning sodir etilib, foş etilmay qolgan boşqa şu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekşiriş maqsadida tezkor-suriştiruv işlari olib borilmoqda.
 
Qonunga muvofiq, JKning 165-moddasi 2-qismidagi jinoiy xatti-harakatlar uçun 5 yildan 10 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi nazarda tutilgan.