Germaniyaning Bremen universiteti qoşidagi Şarqiy Yevropani örganiş markazi ilmiy xodimi Nikolay Mitroxin Ukraina frontida sönggi hafta içida sodir bölgan voqealarni tahlil qildi.
Front siljimayapti
Front çiziği ikki oydan buyon qimirlamay turibdi. Ukraina tomonining (Krinkida) va Rossiya tomonining (Avdiyivka şimoli va janubida) kuniga 220-300 metr ilgarilaş kabi kiçik muvaffaqiyatlari bir neça kun içida raqib tomonidan yöqqa çiqarilmoqda. RF QKning yagona yaqqol muvaffaqiyati Aydiyivka sanoat zonasida önlab binolarni egallab, şaharning janubiy çegarasiga kirib borgani böldi.
Bunday barqarorlik sababi, avval ta’kidlab ötilganidek pat vaziyati, duşmanning pozitsiyasi dronlar yordamida yaxşilab örganilgani, har qanday keskin faollik artilleriya öqlari bilan yöq qilinayotganida. Masalan, Rossiya hisobotlariga köra, UQK Verbove yaqinida RF QK pozitsiyalariga yaqinlaşişga urinib, tank va zirhli maşinalaridan ayrilgan. Boz ustiga, harbiy harakatlar maydoniga yoğgan kuçli yomğir har qanday texnikaning loyda botişiga olib kelmoqda.
Horlivka yangi qarama-qarşilik uçastkasi bölişi mumkin edi. Bu yerda 20-21 noyabr kunlari UQK zirhli texnika yordamisiz piyoda bölinmalari bilan Rossiya pozitsiyalariga hujum qilib kirgan, biroq jang ukrainlar uçun omadsiz yakunlangan va jangçilar avvalgi pozitsiyalariga qaytişgan.
Frontning boşqa hududlaridan eng xavotirli signallar Sumi oblastidan kelmoqda. U yerda çegara oldidagi qalin örmonlarda har ikki tomondan diversiya razvedka guruhlari örtasidagi töqnaşuvlar faollaşgan. UQK Rossiyaning çegara ustidan avtomatik nazorat qiluvçi tizimlarini yöq qilişga urinmoqda, RF QK örmondagi UQKning tayanç punktlariga zarba bermoqda, bu yerda harakat qilayotgan ukrainalik harbiylarning kiçik bölinmalarini yöq qiluvçi diversantlarni jönatmoqda. Ukrainaning ayrim norasmiy manbalarida tan olinişiça, UQK har kuni bu yönalişda jangçilaridan ayrilmoqda.
Lekin uruşning asosiy voqealari hozir yerda emas, dengizda emas, osmonda, qurollaniş poygasida va diplomatik maydonda röy bermoqda.
Rossiya yana Ukraina energiya obektlarini bombalamoqda
25 noyabr kuni tunda Rossiyaning Shahed tipidagi dronlarining Ukrainaga ommaviy yopirilişi sönggi ikki haftaning eng ovozi baland va yorqin havo uruşi böldi. Garçi 75 ta drondan 71 tasi (plyus bitta raketa) urib tuşirilgani iddao qilinayotganiga qaramasdan, uruşdagi eng yirik, qariyb olti soat davom etgan zarbdor dronlar hujumi Kiyevda bitta yirik elektr ta’minoti liniyasi öçişi, Kiyev oblastida bir neçta liniya işdan çiqişiga olib keldi. Bahordan buyon ilk bor ukrainalik energetiklar iste’molni çeklaş haqida söz oçişdi.
Elektr energiyasi hammaga ham yetmasligi mumkinligi töğrisidagi bayonotlar dronlar yopirilişidan avvalroq yangragandi. Ukraina energiya tizimi qahraton qişda yuklamaga doş bera olmayapti, ularga zudlik bilan xorijlik hamkorlar yordami kerak. Lekin bu yordam ham muammoni tubdan hal qila olmaydi.
Şu sababli kuçli şamol va ob-havo harorati pasayişidan avval Rossiyaning yopirilma zarbasi muvaffaqiyatli çiqqanida katta ziyon yetkazişi mumkin edi. Bundan taşqari, zarba Golodomor (oçarçilik) qurbonlari xotirasi kunida, Kiyevga Şveytsariya va Latviya prezidentlari taşrif buyurgan kunda berildi.

Bu yopiriliş faqat öz kölami bilan e’tiborli emas. Rossiya dronlari qora tusdagi yangi körinişda parvoz qildi, bu esa ularni birinçidan, qoronği osmonda közga taşlanmaydigan qilgan bölsa, ikkinçidan radarlardan ham yaşira olgan. Ukraina tomoni ham yangilikni işga soldi — nemislarning Skynex yoki Skyranger havo hujumidan mudofaa tizimi Kiyevga örnatildi. Uning jangda qöllanişi haqida The Sun naşri Reuters bilan birgalikda videoreportaj tayyorladi.
Hozirça YeIning birorta davlatida ham yöq bölgan kompleks tunda Shahed dronlarining ehtimolli uçib ötiş zonasida vaqtga qarab öziga xos «salyut» körinişida yoriluvçi snaryadlar uçirgan. Ikkinçi jahon uruşi davrida HHM artilleriyasi xuddi şu prinsipda işlagan.
Ukraina oblastlari uzra dronlar uçib ötgan joylarda yöltanlamas maşinalarga örnatilgan projyektor va qöş pulemyotlar ham juda katta rol öynagan. Ular dronlarning 40 foizini urib tuşirgan.
Rossiya dronlar, radioelektron kuraş va HHM tizimlarini takomillaştirdi
Rossiyaning yangi variantdagi dronlari va ğarbning eng yangi HHM tizimlari töqnaşuvi va buning aksi — ğarb dronlarining Rossiyaning şiddat bilan modernizatsiya qilinayotgan RQM/HHM tizimlari bilan töqnaşuvi — uruşning sönggi oylaridagi öta muhim jarayon. U texnik rivojlangan davlatlar va koalitsiyalar örtasidagi keng kölamli uruşda qurollanişning rivojlanişi borasida qanday yuksaliş yuzaga kelişi mumkinligi yaqqol körsatadi. Sönggi hafta içida ayniqsa Ukraina tomonidan bu borada köplab tafsilotlar paydo böldi, ular taşviş bilan Rossiya tomonining jangovar kallaklarni eltiş vositalari ham, radioelektron kuraş vositalari ham keskin kuçayganini e’tirof etişgan.
Masalan, Rossiyaning FPV-dronlari tunda uçişni «örganib» olişgan, bu esa Ukraina QK uçun qöşinlar va ta’minotni front old çiziğiga odatiy tarzda tunda yetkazişini xavf ostiga qöyadi. Qayta işlangan Rossiya «Lanset»lari UQK texnikalarini zarbadan asrovçi temir törlar oldida portlaş, şuningdek, nişonni avtomatik möljalda uşlab turiş qobiliyatiga ega böldi. UQKda hozirça faqat dron uçirilgan joyga qarab, ularni boşqarayotgan pilotlar joylaşgan ştabni topib yöq qilişdan boşqa «Lanset»dan qutqaruvçi vosita yöq.
Rossiya qöşinlari mikro darajadagi radioelektron kuraş tizimlarini olişgan, bu esa muayyan okop yoki pozitsiya ustida qobiq hosil qiladi. UQK dronlari uçun ular tepadan keng yaltiroq doğga öxşab körinadi. Ularni yengib ötiş uçun ukrain dronlari möljalni uşlab turuvçi boşçaga ega bölişi kerak, lekin bu matoh ularning narxini keskin oşirib yuboradi. Bunday boşçasiz esa Ukrainada keng işlab çiqarilişi yölga qöyilgan FPV-dronlar duşman pozitsiyasi yaqinida hammasi tutdek tökiladigan apparatlarga aylanadi. Boz ustiga, Rossiya REK işlab çiqaruvçilari Ukraina dronlarining köp marta foydalaniladigan optik aloqa kanalini tutib olişni örganib olişgan va ruslar dron uçirilgan joyga qaytib borgaç, operatorlar joylaşgan nuqtani aniqlab, zarba berişmoqda.

Ham Ukraina, ham Rossiya manbalariga köra, Rossiya harbiy sanoat kompleksi köp marta işlatiladigan, bir martalik dronlarni taşuvçi va boşqaruv markazidan yuborilgan buyruqlar tarqatuvçi yangi dronlarni işlab çiqqan. Bunday dron duşman ortiga kiçik dronlarni taşib ötkazadi va havoda 4 soat parvoz qiladi oladi (holbuki, hozirgi kvadrokopter dronlar 20-30 daqiqa uça oladi).
Rossiyaning yana bir novatsiyasi kiçik zarbdor «Termit» vertolyotlari bölib, uning yigirmaga yaqin nusxasi «Rudnevo» industrial parkida «Kronştadt» firmalar konglomerati tomonidan yaratilgan. Ular 80 mm kalibrga ega lazer bilan nişon oluvçi uçta S-8L raketalari taşuvçisi bölib, 6 km masofadagi yakka yoki guruh nişonlarni yöq qila oladi. Agar loyiha amalga oşsa, u sönggi oylar içida Ukraina tomonidan ança holdan toydirilgan Rossiya zarbdor vertolyot bölinmalarini almaştirişi mumkin.
Boşqa innovatsiyalardan Rossiyaning töqnaşuv çiziğida RBK-500 kassetali öq-dorilardan foydalanayotganini qayd etiş mumkin. Garçi katta maydonni nişonga ololsa ham, hozirça uning samaradorligi darajasi noma’lum bölib turibdi.
UQK Putinning qarorgohiga hujum qilişga urindi
Ukraina tomonidan texnologik yutuqlar kamroq közga taşlanmoqda. Garçi UQK dengizda pilotsiz katerlar körinişidagi unikal qurol-yaroğga, parvoz qilayotgan dronlar soni oşib borayotgani, dala bölinmalari uçun dronlarga qarşi qurol-yaroğlarga ega bölsa ham, texnologik uruşni ular hozirça yutqazayotganga öxşaydi.
Duşman ortida zarba berişi mumkin bölgan zarbdor dronlar ommaviy işlab çiqarilişiga erişilmadi, mutaxassislarning ma’qulloviga ega bölgan istiqbolli «Bobyor»lar va uzoq masofaga uça oluvçi boşqa modellar haftasiga 20 tadan köp işlab çiqarilmayapti. Ukraina uçun Xitoydan «Migun» tipidagi uzoq masofaga uça oladigan dronlar yetkazilişi töxtab qolgani ham jiddiy muammo böldi. Bu dronlardan Qrimga katta guruhlar tarkibiga hujum qilişda, Rossiya HHM kuçlari joylaştirilgan örinlarni aniqlaşda foydalanilayotgan edi.
22 noyabr kuni Qrimga kompleks hujum çoğida Ukraina QK bor-yöği törtta drondan foydalandi va ular osongina urib tuşirildi. Şundan söng dengiz pilotsiz dronlari bilan hujum qiliş ham öxşamadi, bunday dronlar guruhi yöq qilindi, dengiz dronlaridan biri hattoki bus-butun tutib olindi. Rossiya tomoni xabarlariga köra, dengizda gidrosikl mingan Urkina BRB desanti ham töxtatilgan. 24 noyabr kuni UQK Qrimga hujum qiliş uçun 13 ta drondan iborat guruhni işga solgan (ilgari dronlar soni 42 tagaça yetardi). Ularning deyarli barçasi urib tuşirilgan, faqat Jankoyda dron möljalga urilgan va yonğin keltirib çiqargan.
Ukraina dronlarining bahor va kuz uçun xos bölgan Rossiya içki oblastlariga muntazam hujumi onda-sonda körinişga kelib qoldi. Sönggi ikki hafta içida zarbalar Moskva oblastidagi Litkarno podstansiyaga, Çernozem hududiga, Volgograd oblastining Gorodişçensk rayonidagi harbiy qismiga berilgan. Sönggi holatda uçta pilotsiz uçar qurilma REK vositalari bilan bostirilgan, lekin ulardan biri harbiy qism hududida portlagan, ukrainaliklarga köra, bu qurol-yaroğ omborida yonğin hamda artilleriya va öqotar qurollar öq-dorilari portlaşiga olib kelgan.
Bir neça dron Moskva oblastida nişonga yetib bormasdan tutib olingan. 26 noyabr kuni Kiyevga uyuştirilgan hujumga javoban Rossiyaning markaziy hududlari, eng avvalo Moskva şahri yaqiniga «yopirilma» zarba berilgan. Ukraina tomoni ma’lumotlariga köra, buning uçun jami 35 ta drondan foydalanilgan (Rossiya tomoni 75 dron işlatgani har ikki tomonning işlab çiqariş quvvatlaridan dalolat beradi).
Aftidan, ayrim dronlar Havo-desant qöşinlarining maxsus kuçlarining töplangan joyi (Kubinka) va Odinovo rayonidagi Putinning qarorgohi, Tula şahrida yo mudofaa zavodlari yo HDV diviziyasi, qolganlari Ramenskoye, Podolsk şaharlari, Kaluga, Bryansk va Smolensk oblastlaridagi nişonlarga yönaltirilgan. Rossiya tomoni ham, Ukraina tomoni ham dronlardan birortasi möljalga aniq yetib borgani va ziyon yetkazgani haqida ma’lumot bermagan. Faqat dronlardan biri Tula şahrida turarjoy binosiga urilib, tinç aholi vakillaridan biriga jarohat yetkazgan.
Ğarb öz texnologiyalarini Ukraina bilan bölişişga şoşmayapti
Ukrainada dronlar va REK vositalari işlab çiqarişda ortda qoliş sabablari nima, holbuki uruş boşida bu borada ular ruslardan ança özib ketgan edi? Bu yerda korrupsiyaning roli ham bölişi mumkin, çunki hafta içida Davlat maxsus aloqa qömitasi raisi Yuriy Şçigol öziga böysunadigan kompaniyalar orqali dasturiy ta’minot xarididan 62 mln grivna öğirlagani ma’lum böldi. Bu idora yuqori va maxfiy texnologiyalar uçun töğridan töğri javobgar bölgan taşkilotlardan biri.
23 noyabr kuni Şçigolning foş etilişi bilan boğliq yangiliklar fonida Mudofaa vazirligi Ukraina armiyasiga yangi qurol-yaroğlar yetkazib beriş muddati bir neça oydan yigirma kungaça qisqargani va yangi qurollar bevosita jang maydonida sinalişini xabar qildi. Şçigol örniga şaxsiy tarkibga işga ötgan Ukraina raqamli özgarişlar vaziri Mixaylo Fyodorov 24 noyabr kuni ma’lum qilişiça, «Ukrainada «robotlar armiyasi» va «REK armiyasi» taşkil etiladi. «Biz öz mafkuramizga — oçiq bozor, şaffoflik va hamda allaqaçon turli mahsulotlar yaratib, mahsulotlarni köpaytira oladigan tadbirkorlarga tayanamiz», dedi u.
Ukrainada nişonga oliş va dronlar tizimida texnologik jihatdan ortda qoliş bilan boğliq vaziyat şu qadar ötkirlaşganki, The Economist naşri bunga alohida maqola bağişladi.
«Mart oyida Ukraina özining GPS’ga qarab nişonga oluvçi Excalibur snaryadlari kutilmaganda Rossiyaning xalaqit beruvçi tizimlari ta’siri ostida möljaldan oğa boşlaganini sezib qolgan. Boşqariluvçi JDAM-ER aviabombalari bilan ham şunday bölgan. Ukrainaning HIMARS’dan uçiriladigan uzoq masofadagi nişonni möljalga oluvçi GMLRS raketalari ham möljalda adaşa boşlagan. Ayrim hududlarda GMLRS raketalarining aksariyati urib tuşirilmoqda.
Ukraina barça jabhada — jang maydonidagi razvedka va aloqadan tortib, tanklar va qömondonlik markazlariga zarba berişda foydalanadigan arzon dronlarga qarşi Rossiya REK tizimlari tobora yaxşiroq kuraşa olayotgani ham xavotir uyğota boşlagan», — deyiladi maqola matnida.
Ukraina 10 ming dron operatorlaridan iborat armiya tuzgan, ular endi Rossiya REK operatorlari bilan doimiy tarzda siçqon-muşuk öynaşmoqda. Dronlar arzon, köpi 1000 dollar atrofida, Ukraina ularni ulkan miqdorda işlab çiqarmoqda. Biroq duşman REK tizimlari harakati sababli möljalga oliş tizimi işdan çiqarilişi yoki operator bilan aloqa bloklanişi tufayli bir haftada yöqotilayotgan dronlar soni 2 mingga yetmoqda. Bunday dronlar maqsadsiz uçib yuraveradi, batareyasi quvvati tugagaç yerga qulaydi.
Ukraina özining radio elektron kuraş tizimini işlab çiqmoqda. Lekin unga baribir ğarblik ittifoqçilarning yordami yetmayapti, deb qayd etadi The Economist. Vaziyat özgarişi amrimahol, çunki AQŞda REK tizimini beriş «texnologiyani beriş», deb qabul qilinadi va Davlat departamenti tomonidan qat’iy amal qilinuvçi çeklangan eksport nazorat rejimini nazarda tutadi.
Rossiya raketa töplamoqda, Ukraina — ğarb RQM/HHM tizimini
Yana bir ötkir mavzu – Ukraina Rossiya raketalarining yopirilma hujumidan vaqtinçalik nafas rostlayotganidir. Hozir RF haftasiga bir neça dona raketadan foydalanmoqda. «Ukraina hisob-kitoblariga köra, yopirilma raketa zarbalarisiz ötgan bir neça oy davomida okkupantlar Ukraina energetikasi zarba beriş uçun 900 tagaça raketa jamğargan bölişi mumkin... Ukraina BRBga köra, Rossiya quvvatlari oyiga 100 ta raketa işlab çiqariş uçun yetarli. Şu sababli oddiy matematik yöl bilan 870, hattoki 900 ta raketa borligini taxmin qiliş mumkin. Aviatsiya raketalaridan taşqari, yuqori aniqlikdagi, uzoq masofaga uça oluvçi raketalar, şuningdek «Oniks»lar, S-300 raketalari töplanmoqda. Biz faqat uzoq masofadagi nişonni möljalga oladigan raketalar haqida gapiryapmiz», dedi Ukraina harbiy havo kuçlari spikeri Yuriy Ignat 23 noyabr kuni TV efirida.
Ğarblik ittifoqçilar Ukraina osmoni mudofaasi uçun sezilarli, lekin yetarli bölmagan yordam körsatmoqda. Ötgan haftada GFRning Ukrainadagi elçisi Martin Yeger qişda Ukrainada yana bitta Patriot HHM tizimi örnatilişini aytdi, bu esa xuddi 21 noyabr kuni e’lon qilingan yordam paketi doirasida yetkazilayotgan törtta IRIS-T HHM tizimiga qöşimça böladi («Iris»lardan ikkitasi allaqaçon Ukrainada jangovar navbatçilikda).
Zelenskiyning 25 noyabr kungi bayonotiga köra, muntazam ravişda Rossiya raketa nişonlariga aylanayotgan Odessani havodan mudofaa qiliş sezilarli tarzda kuçaytiriladi. Bu esa Odessa portining normal faoliyat körsatişiga olib keladi. Boz ustiga, xorijliklar tomonidan yetkazilişi kutilayotgan harbiy kemalar yuk kemalarini qöriqlaşga jalb qilinadi.
UQK hamon RF QKga sezilarli zarbalar berişga muvaffaq bölmoqda
Zaporijjya frontida va boşqa joylardagi ma’nisiz hujumlarda Ukraina ğarbning ilğor texnikalarini yöqotgani, rossiyalik REK operatorlari tobora ustomon bölib borayotgani hisobga olinsa, uruş olib borişning mutlaq yangi texnologiyalarini berişdan çeklanişlar borligi körinib turibdi. Bir tomon texnologiyalarga ega, ikkinçi tomon ega bölmasa jiddiy muammolar böy körsata boşlaydi.
Nima bölganda ham, Ukrainada mavjud ğarb qurol-yaroğlari hamon jang maydonida yetarli tarzda samarali. Bu borada ikkita simptomatik epizodni qayd etib ötiş kerak böladi.
19 noyabr kuni Ukraina QK HIMARS’ning uçta raketasi bilan Donetsk oblasti Satarobeşiv rayoni Kumaçove qişloğidagi madaniyat uyiga hujum qildi. Bu yerda RF dengiz piyodalarining 810-brigadasi jangçilari raketaçilar kuniga atalgan konsert dasturiga töplangan edi. 25 kişi, jumladan, moskvalik aktrisa Polina Menşix voqea joyida halok bölgan. Ukraina ma’lumotlariga köra, yuzga yaqin odam jarohatlangan. Ukraina tomoni şu yöl bilan ikki hafta muqaddam Zaporijjya frontida ukrainalik artilleriyaçilarga berilgan zarba uçun öç olgan.

Rossiya pozitsiyalariga FPV-dronlar va kvadrokopterlar bilan hujum ziçligini nafaqat Ukraina tomonidan e’lon qilinayotgan videolar orqali, şuningdek, Rossiya pozitsiyalari ortida şunday hujumlardan biriga «Rossiya-24» telekanali muxbiri Boris Maqsudov duçor bölgani bilan baholaş mumkin. Uning ustiga UQK kvadrokopteri portlovçi öq-dori taşlagan. Bungaça kopterlar uning jamoasi a’zolarini öqqa tutgan.
Harbiy muxbir kaska va zirhli nimça kiyib olganiga qaramasdan köplab oskolkali jarohatlarga duçor bölgan. Qöllarining barmoqlari uzilib ketgan. U zudlik bilan Tokmakning harbiy hospitaliga yetkazilgan. U yerdan tunda uni Jankoyga köçirişgan. Biroq u yölda jon bergan.













