NATO boş kotibi Yyens Stoltenberg NATO a’zolarini Rossiyaga qarşi turişda Ukrainani qöllab-quvvatlaş «kursida turişga» çaqirdi. U 28 noyabr, seşanba kuni NATO taşqi işlar vazirlarining Bryusseldagi alyans ştab-kvartirasida bölib ötadigan ikki kunlik yiğilişiga kelganida jurnalistlarga: «Biz Ukrainani kerakli qurol-yaroğ bilan ta’minlaşga mas’ulmiz», dedi.
«Biz tanlangan kursda turişimiz kerak. Bu bizning xavfsizlik manfaatlarimizga ham tegişli», - dedi Stoltenberg. Misol tariqasida NATO boş kotibi Germaniya va Niderlandiyani keltirdi, ular Ukrainaga yana ön milliard yevro va’da qilgan.
Stoltenberg, şuningdek, Kongressdagi respublikaçilarning jiddiy qarşiliklariga qaramay, AQŞ qöllab-quvvatlaşining davom etişiga «işonç» bildirdi. «Bu Qöşma Ştatlarning xavfsizlik manfaatlariga töğri keladi. Va bu biz kelişib olgan narsaga ham mos keladi», dedi u.
Germaniya taşqi işlar vaziri: Ukrainaga yordam odamlarni qutqariş uçun zarur
Bryusselga kelgan AQŞ davlat kotibi Entoni Blinken NATO taşqi işlar vazirlari örtasidagi muzokaralar «Rossiya uruşiga qarşilik körsatişda davom etayotgan Ukrainani qöllab-quvvatlaşni qat’iy tasdiqlaş»ga qaratilganini aytdi.
Gap «Ukraina qandaydir tarzda harbiy jihatdan oldinga siljişi haqida emas, balki odamlarni qutqariş haqida», dedi Germaniya taşqi işlar vaziri Annalena Berbok. Uning fransiyalik hamkasbi Katrin Kolonna Ukrainani qöllab-quvvatlaş «uzoq muddatli bölişi kerak», deb ta’kidladi.
Ukraina taşqi işlar vaziri Dmitriy Kuleba Bryusselda Rossiya bilan muzokaralarni boşlaş uçun Ukraina tarafdorlari tomonidan «heç qanday bosim sezmayotganini» aytdi. 29 noyabr kuni Kuleba alyans ştab-kvartirasida birinçi marta taşqi siyosat idoralari rahbarlari darajasida bölib ötadigan Ukraina-NATO kengaşi yiğilişida iştirok etadi.












