Tongda tarqalgan sovuq xabar
2020 yilning 8 oktyabri. Qarnab qişloği aholisi uçun tong qörqinçli boşlandi: qişloqda yaşovçi Maşrab Saidov (maqoladagi barça ismlar özgartirilgan) va uning öğli öz uyida öldirib ketilgani haqida xabar tildan tilga köçardi.
Hovlisida kiçik oşxona oçib, tuppa-tuzuk işlab yurgan, birovga yomonligi tegmagan odam nega öğli bilan birga öldirib ketildi? Qotillik sababi nima? Qotil kim? Qişloq odamlarini mana şu kabi savollar tinç qöymasdi.
Qolaversa, Qarnab qişloğining tört tomoni bepoyon daştliklardan iborat, boşqa hududdan kimdir kelib, yarim tunda bu jinoyatni sodir qilib ketişi ehtimoldan ança yiroq edi. Qişloq ahli vahşiy qotil oralarida yurganini sezib turişar, hatto bir-birlariga şubha bilan qaraşardi. Ularning bu şubhasi oxir-oqibat haqiqat bölib çiqdi: qotil özini heç vaqodan xabari yöqday tutib, ularning orasida yurgandi.
Oçiq qolgan darvoza
Qişloqdagi tez tibbiy yordam bölimida hamşira bölib işlovçi oila bekasi öşa mudhiş tunda navbatçilikka tuşgandi. U turmuş örtoği bilan soat 21:18 da telefon orqali suhbatlaşadi.
Ertasiga ertalab soat 7:43 larda oşxona işlarida turmuş örtoğiga kömaklaşadigan işçi unga qönğiroq qilib, hovli oçiq turganini, ammo heç kim yöqligini bildiradi. Oila bekasi öşa atrofga biror joyga çiqqandir, degan öyda navbatçilikni topşirib, uyiga boradi. Körsaki, uyda turmuş örtoği ham, öğli ham yöq.
Oila bekasi işçiga işlarni boşlayverişini aytib, uyga kiradi. Şunda uning nigohi xonada yotgan qoğoz qutiga tuşadi. Turmuş örtoği oiladagi jamğarma pullarni ana şu qutida saqlardi. Köngli bir noxuşlik bölganini sezgan ayol omborxonaga kiradi hamda muzlatkiç yonida yerda ustma-ust yotgan turmuş örtoği va öğlini köradi.
Avvaliga ularni tok urgan deb öylaydi. Söngra birinçi yordam körsatiş maqsadida borib öğlini uşlaydi va baqirib yuboradi: ularning tanasi sovib qolgan, turmuş örtoği ham, farzandi ham allaqaçon vafot etgandi.
Qotillik
Marhumlarning yaqinlari, huquqni muhofaza qiluvçi organlar xodimlari voqea joyiga yetib borganida Maşrab Saidov va öğlining murdasi omborxonada qonga belanib yotardi. Ularning har ikkisi boşining orqa qismiga qattiq jism bilan urilişi oqibatida vafot etgani şundoq körinib turardi.
Tezkor xodimlar işga kirişişadi: holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari boşlandi, sud-tibbiy ekspertizasi tayinlanadi. Xonadondan katta miqdorda pul va tilla taqinçoqlar yöqolgan edi.
Hududdagi maktabda ştab taşkil etilib, hududdagi jinoyat qilişga moyilligi bölgan şaxslar, içkilikka berilganlar, şubhali fuqarolar söroq qilina boşlaydi. Ammo ha deganda kalavaning uçi topilavermaydi. Bu esa qişloq odamlari örtasida turli şubha-yu gumonlarga sabab böladi.
Bu orada odamlar orasida yurgan qotil ham bir neça marotaba ştabga söroqqa çaqirilgan, uning özini tutişi tergov xodimlarida şubha uyğotib, kuzatuvga olingandi.
Qotilni oşkor qilgan xato
Qarnabda yaşovçi Botir Çoriyev qişloqdan gips mahsulotlari olib, Toşkentga olib borib sotar va şu orqali rözğor tebratardi. 2020 yilning 9 oktyabr kuni ham u öz işlari bilan Toşkentda yurgandi. Botirga kutilmaganda qöşnisi qönğiroq qilib qoladi. Suhbat davomida qöşnisi hamqişloqlari Maşrab Saidov va uning öğlini kimdir öz uyida öldirib ketganini aytadi.
Botir Çoriyev bu xabarni eşitib, qaltirab ketadi, ammo u buni sezdirmasdan tez orada qişloqqa yetib borişini aytadi. U öşa kuni keçga Qarnabga yetib boradi. Qarasa hamma joyda organ xodimlari, barçaning tilida mudhiş qotillik voqeasi. Botir ham bir neça marotaba söroq uçun hududdagi maktabda taşkil qilingan ştabga çaqiriladi.
15 oktyabr kuni Botir Çoriyev qöşni Tutli qişloğiga boradi. U oldinroq şu qişloqda yaşovçi ikki tanişidan qarzga pul olgan, biroq qöli kaltaligi sababli pulni öz vaqtida qaytara olmayotgandi. Botir qöşni qişloqda tanişlariga ulardan olgan 14,5 mln söm qarzini qaytarib, ular bilan biroz suhbatlaşib ötiradi. Keyin esa mototsiklini minganiça ortga qaytadi.
Ayni şu holat – kutilmaganda qarzlarini uzişi Botir Çoriyevni oşkor qilib qöyadi. Aslida barça izlayotgan va topilmayotgan qotil u edi...
“Söroqqa valerianka içib borardi”
Botir Çoriyevning turmuş örtoği undagi özgarişlarni sezgan, lekin öz eri qotil ekani hayoliga ham kirib çiqmagandi.
Aslida qotil Toşkent şahriga 2020 yil 8 oktyabr kuni soat 4:00 larda çiqib ketgan, bu paytda u özi oldindan reja qilgan jinoyatni sodir qilib kelgan bölgan.
“2020 yil 7 oktyabr kuni turmuş örtoğim kun böyi uyda böldi. Şu kuni yarim tunda hovlimizning kiriş qismida yangi qurilgan xonaga joy solib berişimni, özi alohida uxlaşini aytdi. Turmuş örtoğimga aytgan xonasiga joy solib berdim, özim esa farzandlarim bilan yotib uxladim. Şu kuni keçasi turmuş örtoğimni qayta körmadim.
2020 yil 8 oktyabr kuni soat tonggi 4:00 larda asosiy uyimizning oşxonasidagi şovqinni eşitib, uyğonib ketdim. Qarasam turmuş örtoğim köçaga çiqqanida kiyadigan kiyimlarini kiyayotgan ekan. Qayerga ketayotganini söraganimda iş böyiça Toşkent şahriga borişi kerakligini, tanişlari sms yozib çaqirganini aytdi va çiqib ketdi.
Keyin yotib uxladim va ertalab farzandlarimni maktabga jönatib, akamning uyiga bordim. Öşa yerda dugonam bilan telefonda gaplaşdim. Şunda dugonam qişloğimizda yaşovçi bir fuqaro öğli bilan birgalikda öldirib ketilganini aytib qoldi. Bu xabardan hayron böldim.
2020 yil 9 oktyabr kuni soat 19:00 larda turmuş örtoğim uyga kirib keldi. Uyga IIB xodimlari kelib, uni sörab ketişganini aytdim. U uşbu gapimga qisqaça qilib, «hammadan suriştirişyapti şekilli», deb qöyaqoldi.
2020 yil 10 oktyabr kuni ham IIB xodimlari turmuş örtoğimni çaqirtirib, savol-javob qilişdi. Har safar qişloqdagi maktabda taşkil etilgan ştabga çaqirtirilganida turmuş örtoğim negadir juda qörqib qolib, sarosimaga tuşar va “valerianka” dorisini içib olardi. Öşa kunlarda keçqurunlari uyqusida bir neça bor “qörqyapman”, deya baqirib uyğondi”, deya körsatma bergan sudda guvoh sifatida söralgan ayol.
Qotillik qanday sodir böldi?
Maşrab Saidovni pul uçun hamqişloği Botir Çoriyev öldirgandi. U mazkur jinoyatni oldindan reja qilgan.
Qotil jinoyatga qöl urişdan ikki oy oldin Maşrab Saidovdan 2 mln söm qarz sörab borgan. Maşrab Saidov xöp deya pul olgani uyiga kirgan. Botir Çoriyev esa uning ortidan kirib, oila pullari qayerda saqlanişini körib qolgan.
U öşa kundanoq uşbu pullarni qölga kiritiş rejasini tuza boşlaydi. Atrofdagi tanişlaridan qarzi köpligi, topiş-tutişi öxşamayotgani uni bu jinoyatni qilişga tobora köproq undardi.
U jinoiy rejasini amalga oşiriş maqsadida 2020 yil 7 oktyabrdan 8 oktyabrga ötar keçasi tunggi soat 2:00 larda temir bolğa bilan qurollanib, Maşrab Saidovning uyi tomonga yöl oladi. Manzilga yetib borganida Maşrab hovlisida biroz mast holatda ötirganini köradi. Hamqişloqlar biroz suhbatlaşib ötirişadi. Şu orada uy egasi spirtli içimlik oliş uçun hovlidagi omborxonaga kiradi, Botir Çoriyev esa uning ortidan ergaşadi.
Maşrab omborxonaga kirib, spirtli içimlik oliş uçun egilganida Botir yonidagi temir bolğa bilan uning boşiga zarba beradi. Maşrab birinçi zarbadanoq yerga yiqiladi. Qotil qölidagi “quroli” bilan yana 6 marta zarba berib, uni qasddan öldiradi.
“Işni bitirib” bölgan Botir asta omborxonadan çiqadi. Hovlida bölayotgan şovqindan Maşrabning uyda uxlab yotgan öğli uyğonib ketgan va taşqariga çiqqandi. Şoşib qolgan qotil unga otasi yiqilib tuşganini, yordam körsatiş kerakligini aytadi. Öğil yugurib omborxonaga kiradi va yerda yiqilib yotgan dadasini körib, unga yordam körsatiş maqsadida egiladi. Şu paytda Botir uning ham boş qismiga öşa bolğa bilan 6 marta zarba berib, qasddan öldiradi.
Söngra uyda boşqa heç kim qolmaganiga işonç hosil qilib, xonadondan 1,6 mln sömlik qöl telefoni, 48 mln söm naqd pul, 1400 AQŞ dollari, bir qança tilla taqinçoqlar – jami 72,7 mln sömlik moddiy qimmatliklarni olganiça öz uyiga ketadi. Yöl-yölakay jinoyat quroli bölgan bolğani uylardan birining tomiga uloqtirib yuboradi.
Mudhiş jinoyat evaziga qölga kiritgan boyligini öz xonadonining turli burçaklariga yaşirib qöygan qotil ertasi kuni tongda Toşkentga boriş bahonasida uyidan çiqib ketadi.
Jinoyat jazosiz qolmadi
Öz aybiga töliq iqror bölgan qotilga sud 22 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlagan.
Sud materiallari asosida Ruslan Saburov tayyorladi.













