Angliya: «Tottenhem» «Arsenal»ga yordam berib yubordi

«Mançester Siti» – «Tottenhem» 3:3
Gollar: 0:1 – 6 Son Hyon Min, 1:1 – 9, avtogol Son Hyon Min, 2:1 – 31 Foden, 2:2 – 69 Lo Çelso, 3:2 – 81 Griliş, 3:3 – 90 Kulusevski.
«Mançester Siti» – Ederson, Uoker, Ruben Diaş, Gvardiol (Ake, 87), Akanji, Bernardu Silva, Rodri, Foden (Lyuis, 73), Doku (Griliş, 52), Holand, Alvares (Kovaçiç, 87).
«Tottenhem» – Vikario, Porro, Devis, Emerson, Udodji, Lo Çelso (Skipp, 79), Bissuma (Rişarlison, 87), Kulusevski, Son Hyon Min, Hil (Heyberg, 46), Jonson (Donli, 90).
Ogohlantirişlar: Rodri (34), Udodji (38), Griliş (61), Porro (74), Gvardiol (84), Kulusevski (90), Emerson (90), Holand (90).

Kuçli raqiblarga qarşi ketma-ket öynaşiga töğri kelayotgan «Siti» «Tottenhem» bilan öyinda duranglar seriyasini davom ettirdi. Hafta örtasida «Leypsig»ga qarşi öyinda birinçi bölimni 0:2 hisobida boy bergan Gvardiola jamoasi bu safar ham birinçi bölib gol ötkazib yubordi.

«Siti» dastlabki beş daqiqada «Tottenhem»ni maydonning ikkinçi qismida qamal qilib qöygan va kuçli pressing tufayli mehmonlarga nimadir qilişga imkon bermayotgandi. Burçakdan töp öyinga kiritilganda londonliklar töliq tarkibda jarima maydoni içida töplangandi, ammo sanoqli soniyalarda raqib jarima maydoniga yetib borişdi. Son ötkir burçakdan turib zarba berişga qaror qildi va Ederson darvoza markaziga kelgan töpni ötkazib yubordi.

138 soniya ötib Son yana gol urdi, ammo bu safar koreyalik hujumçi jarima zarbasidan keyin öz jamoasi darvozasini işğol etib qöydi. Bu Sonning «Tottenhem»dagi 387 öyinda ilk avtogoli böldi.

Holandning esa öyini çiqmadi. U bir neça qulay vaziyatlardan foydalana olmadi, lekin uning jamoadoşlari vaziyatlar ketidan vaziyat yarataverişdi, bölim örtalarida Foden jamoasini oldinga olib çiqdi – 2:1, Dokuning zarbasi tösin va ustun kesişgan joyga bordi, Alvaresning zarbasi – ustunga. «Siti» birinçi bölimning özidayoq barçasini hal qilib qöyişi mumkin edi, ammo öxşamadi – jamoa vaziyatlardan foydalanişda oqsadi.

Ikkinçi bölim boşida Gvardiola maydonda eng faollardan bölib turgan Dokuni maydondan oldi, belgiyalik futbolçi oğriq sezgani uçun almaştirildi, boşqa tomondan bu almaştiriş orqali murabbiy öyinni tinçlantirişga, tinimsiz hujum qilmasdan, töpni uşlaşga ahamiyat qarata boşladi. Maydonga tuşgan Griliş esa darhol «Tottenhem» futbolçilari töpni öyinga kiritmoqçi bölganida, uni tepib yuborgani uçun ogohlantiriş oldi. Bu Grilişning APL joriy mavsumidagi beşinçi sariq kartoçkasi böldi. Endi uşbu vinger keyingi turda – ayni vaqtda turnir jadvalida törtinçi örinda kelayotgan «Aston Villa»ga qarşi safarda keçadigan uçraşuvni ötkazib yuboradi. Xuddi şu kuni oldinroq beşinçi kartoçkani olgan jamoa yetakçisi Rodri kabi.

Birinçi bölimda kökka sovurilgan vaziyatlar tanaffusdan söng «Siti»ga öz ta’sirini ötkazdi. Lo Çelso raqib jarima maydoni yaqinida Sondan töpni qabul qilib olib, oldinga bir neça qadam taşladi va tösin ostidan aniq zarba yölladi – 2:2! Şundan keyin mehmonlar «Siti»ni jarima maydoni içiga qamab qöydi, bunaqasi sönggi yillarda kuzatilmagandi. Boşqa tomondan, londonliklar öziga haddan taşqari işonib yubordi va 81-daqiqada Bissuma öz jamoasi jarima maydoni yaqinida fint qilişga kirişib, töpni yöqotdi, Holandning uzatmasidan keyin Griliş bu mavsumdagi ilk golini nişonladi – xuddi ğalaba golini urgandek.

Ammo «Tottenhem» javob qaytarişga kuç topa oldi. 90-daqiqada Jonson çap qanotdan töp oşirib berdi va Kuluşevski boş bilan aniq zarba yölladi. Bu gol öyindagi sönggisi bölib qoldi. Boş hakam Saymon Huper «Siti»ni juda qulay vaziyatdan mahrum qilgani uçun ham. Qöşimça daqiqalarda «şporlar» futbolçisi maydon markazida Holandni yiqitdi, ammo norvegiyalik hujumçi örnidan turib, töpni oldinga uzatdi, Griliş darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga çiqib ketayotganida esa hakam öyinni töxtatib, jarima zarbasi belgiladi.

Holbuki u avvaliga töp mezbonlarda qolgani uçun qöli bilan öyinni davom ettirişga işora qilgandi.

Katta ehtimol bilan u Griliş ofsaydda qolib ketgan deb hisoblagan va töp mezbonlarda qolişi uçun öyinni töxtatgan. «Siti» futbolçilari esa uni örab olib izoh talab qila boşlaşdi.

Hakam keyingi daqiqalarda Skipp jarima maydoni içida Akanjini uşlab qolganida ham penalti bermay «şaharliklar» futbolçilari e’tirozlariga sabab böldi.

OAV ma’lumotiga köra, Angliya futbol assotsiatsiyasi boş hakam bilan vaziyatda tajovuzkor harakatlar qilgan Erling Holandga ayblov e’lon qilgan. Futbolçining ijtimoiy tarmoqdagi posti ham e’tibordan çetda qolmagan.

Şu tariqa, «Siti» bu turdan keyin uçinçi öringa quladi va peşqadam «Arsenal»dan uç oçkoga ortda bormoqda.

«Tottenhem» esa qatorasiga törtinçi öyinda ğalaba qozona olmagan bölsa-da, «Emireyts»dagi bunday natija londonliklarni xafa qilmagani aniq.

«Bornmut» – «Aston Villa» 2:2
Gollar: 1:0 – 10 Semeno, 1:1 – 20 Beyli, 2:1 – 52 Solanke, 2:2 – 90 Uotkins.
«Bornmut» – Neto, Smit, Senesi, Zabarnyy, Kerkez (Mifem, 83), Kristi, Kuk, Taverne, Klyuyvert (Billing, 70), Solanke, Semeno (Sinisterra, 71).
«Aston Villa» – Martines, Konsa (Keş, 74), Diyego Karlos, Pau Torres, Din (Moreno, 74), Duglas Luis, Makginn (Duran, 65), Tilemans, Beyli (Diabi, 74), Dzaniolo (Remzi, 46), Uotkins.

Köp yillardan buyon ilk bor Çempionlar ligasiga yöllanma beruvçi örinlarga çiqqan «Aston Villa» «Bornmut» maydonida qoqildi. Unai Emeri jamoasi yutqazişi ham mumkin edi va faqat 90-daqiqada Uotkins boş bilan yöllagan aniq zarba evaziga durangga erişdi. Uşbu forvardning birminghemliklar natijalaridagi hissasi ulkan — u bu mavsumda 8 gol urib, 6 golga uzatma bergan. Keyingi turlarda «Villa Park»da «Mançester Siti» va «Arsenal» mehmon böladi. Şu turlarda jamoa haqiqiy sinovdan ötadi. E’tiborlisi, «kanonirlar» uşbu jamoa maydonida oçko ololgan sönggi jamoa bölib turibdi. 18 fevral kungi öyinda Arteta şogirdlari 0:2 hisobidan çiqib ketib, sönggi daqiqalarda hisobni 4:2 körinişiga keltirgandi, şundan keyin «Villa» uy uçraşuvlarida 13 ğalabadan iborat seriya qayd etdi.

«Liverpul» – «Fulhem» 4:3
Gollar: 1:0 – 20, avtogol Leno, 1:1 – 24 Uilson, 2:1 – 38 Mak Allister, 2:2 – 45 Tete, 2:3 – 80 Dekordova-Rid, 3:3 – 87 Endo, 4:3 – 88 Aleksander-Arnold.
«Liverpul» – Kelleher, Aleksander-Arnold, Matip (Konate, 69), van Deyk, Tsimikas, Soboslai (Gakpo, 64), Mak Allister (Gomes, 65), Gravenberh (Endo, 83), Saloh, Dias, Nunes.
«Fulhem» – Leno, Tete (Kastan, 75), Rim, Bassi, Robinson, Rid, Uilson (Kerni, 62), Pereyra (Villian, 62), Palinya, Vinisius, Ivobi (Dekordova-Rid, 75), Himenes.

Bu turdagi oçko yöqotişdan keyin «Villa» «Liverpul»ni oldinroqqa ötkazib yubordi. Qizillar Yurgen Klopp davrida öz irodasi bilan ajralib turadi, ammo «Fulhem» bilan öyinning alohidaligi bor. Kamida statistika nuqtayi nazaridan, çunki mersisaydliklar bunga qadar 80-daqiqadan keyin raqib hisobda oldinga çiqib olişiga yöl qöyganida heç qaçon kambek qayd etmagandi. Qolaversa, öyin oxirida Saloh bir neça metr masofadan turib qaytgan töpga aniq zarba bera olmagandi.

Ammo u qatorasiga ön oltinçi öyinda ham «Enfild»ni golli harakatsiz tark etmadi. 89-daqiqada Nunes taşlab bergan töpni u jarima maydoni taşqarisidan darvozaning yuqori burçagini nişonga olişga çoğlangan Vataru Endoga taşlab berdi va yaponiyalik yarimhimoyaçi jamoadagi debyut golini urdi. Bosimni davom ettirgan «Liverpul» raqibni taslim etdi va birinçi bölimda jarima zarbasini ijro etib öyinda hisob oçilişiga sabab bölgan Aleksandr-Arnold yakuniy natijani ham örnatdi: qizillar bu mavsumda «Enfild»dagi barça 11 öyinni öz foydasiga hal qilgan.

«Çelsi» – «Brayton» 3:2
Gollar: 1:0 – 17 Fernandes, 2:0 – 21 Koluill, 2:1 – 43 Buonanotte, 3:1 – 65, penalti Fernandes, 3:2 – 90 Joao Pedro.
«Çelsi» – Sançes, Disasi, Tiago Silva, Badyaşil, Koluill, Gallaher, Mudrik (Broya, 81), Fernandes, Kaysedo, Sterling (Palmer, 66), Jyekson (Matsen, 72).
«Brayton» – Stil, Veltman, Igor Julio (Beyker-Boaytey, 84), van Hekke, Xinşelvud (Milner, 57), Lallana (Joao Pedro, 57), Gilmor, Buonanotte (Mitoma, 57), Baleba (Gross, 57), Adengra, Fergyuson.
Çetlatiş: Gallaher (45, «Ç»).

«Çelsi» öz muxlislariga bayram arafasida sovğa taqdim etişning uddasidan çiqdi. Jamoa çempionat doirasida «Stemford Brij»da ötgan öyinlarda 25 avgustdan buyon ilk bor (kalendar yili boşidan buyon atigi törtinçisi) ğalaba qozondi. Bunga Enso Fernandesning APLdagi dastlabki gollari evaziga erişildi. Bungaça uşbu jahon çempioni faqat liga kubogida törtinçi divizion vakili «Uimbldon» darvozasini işğol etgandi. Yakşanba kuni u Badiaşilning murakkab vaziyatda turib uzatgan pasini boşi bilan darvoza töriga yölladi, ikkinçi bölimda esa penaltini aniq ijro etdi. Köklar birinçi bölim oxirida Gallaher ikkinçi sariq kartoçkani olib maydonni tark etişi tufayli kamçilik bölib qolganiga qaramay, ğalabani saqlab qolişdi.

Ispaniya: «Atletiko»ni böysundirgan Xavi

«Barselona» – «Atletiko» 1:0
Gol: 1:0 – 28 Joau Feliks.
«Barselona» – Penya, Kunde, Kristensen, Arauxo, Joau Kanselu, Gundöğan, de Yong, Pedri (Lopes, 89), Rafinya (Yamal, 77), Joau Feliks (Ferran Torres, 77), Levandovski.
«Atletiko» – Oblak, Molina (Aspilikueta, 46), Ximenes (Lino, 46), Ermoso, Vitsel, Rikelme (Korrea, 46), Koke (Saul, 66), De Paul, Liorente, Grizmann, Morata (Depay, 65).
Ogohlantirişlar: Ximenes (31), Vitsel (34), Koke (38), Aspilikueta (47), Joau Feliks (50), Ferran Torres (78), Arauxo (79), Xavi (82), Joau Kanselu (87), de Yong (90).

«Barselona»da «Atletiko» bilan öyinlarda muammo bor edi va Xavi Kataloniya poytaxtiga boş murabbiy sifatida qaytganidan keyin bunga barham berildi. Ğalabasiz tört öyin ortidan (=2-2) kök-anorranglilar qatorasiga uç öyinda zafar quçişdi. Va bu safar ham, ketma-ket jarohatlar va şu tufayli öyinda muammolar yuza kelgan şaroitda ham «Barsa» kuçli start namoyiş etdi. Rafinya ilk hujumdayoq qulay pozitsiyaga çiqib zarba berdi va bu öyin kimning diktovkasi ostida keçişini anglatib turardi.

Lekin hujum çiziği vakillari, ayniqsa Levandovski yuzaga kelgan imkoniyatlardan foydalana olmadi. Bunday vaziyatda esa öyinda öziga xos syujyet talab etilardi va buni çempionatda sentabr oyi örtalaridan buyon gol urmagan Joau Feliks yuzaga keltirdi. «Atletiko»ni mojaro bilan tark etgan va özini ijaraga berişga majbur qilgan portugaliyalik Molinadan osonlik bilan qoçib ketdi va Oblakni doğda qoldirdi. Keyin esa öz golini Messining uslubini takrorlagan holda nişonladi. Holbuki öyin arafasida madridliklar prezidenti Enrike Sereso u haqda iliq sözlar aytib, uni Yevropaning eng kuçli futbolçilaridan biri deb atagan va gol urgan taqdirda nişonlamasligiga umid bildirgandi. Lekin katta ehtimol bilan Feliks Madridga qaytişiga töğri kelmaydi, «Barsa» uning öyinidan mamnun va mavsum oxirida uni töliq öz futbolçisiga aylantirmoqçi.

Mehmonlar faqat öyin oxirida Inyaki Penyani seyvlar ijro etişga majbur qila olişdi, undan oldinroq esa Levandovski öyindagi intrigaga barham beriş uçun yana bir qulay imkoniyatni yöqqa çiqargandi.

Sönggi vaqtlardagi eng yaxşi futbolini namoyiş etiş orqali «Barsa» uçinçi öringa kötarildi va «Real» hamda «Jirona»ni quvişda davom etdi. Bir haftadan keyin kök-anorranglilar ikkinçi öringa yaqinlaşib olişi mumkin, ammo «Jirona» bu safargi Kataloniya derbisiga özgaça holatda bormoqda.

Italiya: Mourinio — yakunlar qiroli

«Sassuolo» – «Roma» 1:2
Gollar: 1:0 – 25 Mateus Enrike, 1:1 – 76, penalti Dibala, 1:2 – 82 Kristensen.
«Sassuolo» – Konsili, Tolyan, Erliç, Ruan, Vinya (Pedersen, 90), Boloka, Mateus Enrike, Torstvedt (Bayrami, 81), Berardi (Kastilexo, 89), Loryante (Raçiç, 65), Pinamonti (Defrel, 81).
«Roma» – Ruy Patrisiu, Karsdorp (Kristensen, 46), Liorente, Mançini (Pellegrini, 67), Ndika, Spinatssola (Al-Şa’roviy, 67), Paredes, Kristante, Bove (Ozmun, 46), Dibala (Çelik, 87), Lukaku.
Çetlatiş: Boloka (63).

Bu turdagi öyinlari oldinroq bölib ötgan «Fiorentina» va «Bolonya»ni oldinga ötkazib yuborgan rimliklar «Sassuolo»ga qarşi safar öyinining birinçi bölimidan keyin yutqazayotgandi, ammo tanaffusdan keyin jamoa mezbonlar safidagi çetlatişdan maksimum natija çiqarib oldi. Joze Mourinio jamoasi navbatdagi marta öyinning yakuniy qismida natijaga erişiş mahoratini namoyiş etdi. Agar öyinlarning sönggi çorak qismi olinadigan bölsa, «börilar» bu oralida 15 gol urişgan. Bu A seriyada ikkinçi natijadan beştaga yaxşiroq. Yakşanba oqşmoi qahramonlari Dibala va Kristensen bölişdi. Avvaliga zaxiradan tuşgan daniyalik himoyaçi argentinalikning uzatmasidan keyin penalti işladi. Keyin uşbu juftlik ğalaba goli urilgan hujumni uyuştirdi va darvozabon rikoşet tufayli boşi berk köçaga kirib qoldi. «Roma» omad evaziga bölsa ham beşinçi öringa qaytişni uddaladi.

«Napoli» – «Inter» 0:3
Gollar: 0:1 – 44 Çalxonöğli, 0:2 – 61 Barella, 0:3 – 85 Tyuram.
«Napoli» – Meret, Di Lorenso, Rraxmani, Estigor, Natan (Dzerbin, 87), Lobotka (Zelinski, 75), Zambo-Angissa, Elmaz (Lindstrem, 75), Politano (Raspadori, 68), Kvaratsxeliya, Osimhen.
«Inter» – Zommer, Dumfris (Kuadrado, 77), Darmian (Bissek, 86), de Vrey (Karlos Augusto, 18), Açerbi, Dimarko, Mxitaryan (Frattezi, 77), Çalxonöğli, Barella, Tyuram (Arnautoviç, 86), Martines.

«Napoli» va «Inter» ajoyib öyin ötkazişdi, bunda alohida epizodlarning qiymati yuqori edi. Birinçi bölimda neradzurrilar faolroq bölişdi, Dyumfris, Barella va Çalxonöğli iştirokidagi golli kombinatsiyagaça Tyuram ham hisobni oçgan, ammo gol ofsayd tufayli bekor qilingan, Lautaro Martinesning xavfli zarbasini esa Meret qaytarib qolgandi.

«Napoli»ning tanaffusgaça eng xavfli vaziyatini esa Kvaratsxeliya taşkillaştirdi, u töpni egallab olib hujum boşladi, uning yakunida Politanoning zarbasi tösinga tegdi. Ikkinçi bölimda esa Zommer Xviçining hujumini töxtatdi va darhol mehmonlar vaziyatlardan foydalaniş böyiça saboq ötib berişdi. Oddiy xato, Lautaroning oldinga uzatgan pasi va oqşom qahramoni Barella darvoza tomon yölida himoyaçilarni maşğulot manikenlari holatida qoldirib aldab ötdi. Bu vaqtga kelib öyinda hisob 2:2 yoki 2:3 körinişiga kelişi ham mumkin edi, ammo tabloda 0:2 hisobi yonib turardi.

Amalda «Inter» yakuniy 3:0 dan köra yirikroq hisobda ğalabaga erişişi ham mumkin edi. Simone Indzagi top-5 ligalarda safar öyinlarida eng köp oçko jamğargan jamoa bölib qolmoqda. Olti ğalaba va faqat ikki ötkazilgan gol — bu çempionlar grafigi. «Napoli»dagi muammolarni esa murabbiyning almaştirilişi hal qila olmaydi. Mavsumdagi yetti uy uçraşuvidan törttasida mağlub bölindi — bu janubliklar tarixidagi eng yomon natijaning takrorlanişidir.

Germaniya: «Bayyer»ni Dortmund töxtatdi

«Bayyer» – «Borussiya» D 1:1
Gollar: 0:1 – 5 Ryuerson, 1:1 – 79 Bonifase.
«Bayyer» – Gradetski, Frimpong, Ta, Tapsoba, Kossunu, Grimaldo, Çaka, Hofmann (Adli, 64), Palasios (Şik, 79), Virts, Bonifase.
«Borussiya» D – Kobel, Hummels, Şlotterbek (Papadopulos, 64), Ryuerson, Roys (Mene, 84), Zabitser, Jan, Brandt, Volf, Bayno-Gittens (Adeyyemi, 64), Fyullkrug.

Bahorda faqat öz ahmoqligi tufayli finişda çempionlik titulini boy bergan jamoa bu mavsumda «Bavariya»ning asosiy raqobatçisiga aylangan jamoaga qarşi öynadi. Bundesligada turning markaziy uçraşuvi turnir jadvali peşqadami «Bayyer» kutilmaganda gol ötkazib yuborişi bilan boşlandi. Barçasi Fyullkrugning sa’y-harakatlari evaziga böldi, u darvozaga orqa turgan holda şvedka usulida pas berib, Ryuyersonni töp bilan ta’minladi.

Ammo «Borussiya» öyinning katta qismini himoyada ötkazişiga töğri keldi. Va faqat Bonifasedagi ofsayd tufayli birinçi bölim tanaffusi arafasida Virsning çiroyli goli bekor qilindi. Qolgan epizodlarda esa yoki leverkuzenliklar aniq zarba bera olmadi, yoki «asalarilar» himoyaçilari mardonavor öynaşdi, ular orasida 13 marta töpni jarima maydonidan uzoqlaştirgan Hummels ham bor. Bir safar u darvozabon hududidan yöllangan zarbani tösib qoldi.

Habi Alonso maydonga Şikni tuşiriş orqali maqsadga erişa oldi. Yetti oy davomida jarohatini davolatgan çexiyalik hujumçi hozirça faqat öyin oxirida tuşirilmoqda, ammo samaradorlik körsatmoqda. Payşanba kuni u Yevropa ligasida gol urgandi, bu safar esa Bonifaseni golli pas bilan ta’minladi. Şu tariqa, öyin mantiqiy yakunga ega böldi. «Bayyer» mavsumda ikkinçi bor oçko yöqotganiga qaramay, golga haqli öyin namoyiş etgandi.

Kun statistikasi

  • «Tottenhem» hujumçisi Kuluşevski APLda amaldagi çempionga qarşi safar öyinlarida qatorasiga uç mavsumda gol urgan 3-futbolçiga aylandi.
  • «Vilyarreal» hujumçisi Morales la liganing sönggi tört turida 4 gol urdi, u Marselino Toral «sariq submarinalar» jamoasi boşqaruviga qaytganidan buyon har öyinda raqib darvozasini işğol etmoqda.
  • «Benfika» barça turnirlar doirasida 4 öyinda maydonni golsiz tark etdi, jamoa ötgan çempionlik mavsumida jami şunça öyinda gol ura olmagandi.
  • «PSJ» darvozaboni Arnau Tenasa 7 seyv amalga oşirdi — bu sönggi yetti yilda zaxiradan tuşgan darvozabonlar uçun eng yaxşi körsatkiç.
  • PSV mavsum startidan buyon 14 ğalabaga erişdi — bu jamoaning 1987/88 yillar mavsumidan buyon eng yaxşi seriyasi. Öşanda eyndxovenliklar Guus Hiddink boşqaruvida dastlabki 17 öyinda ğalaba qozonib, liga rekordini örnatgan.
  • APLning bu mavsumida 140 öyinda 31 bor qizil kartoçka körsatildi. Bu ötgan mavsum oxirigaça körsatilganlaridan köproq.
  • «Monako» hujumçisi Ben Yyedder liga 1 doirasidagi uy öyinlarida 100 gol urdi. Fransiya çempionatida bunday holat ilk bor 1996 yilda kuzatilgandi, öşanda grossmeysterlik natijasi marsellik Jan-Piyer Papen tomonidan qayd etilgandi.
  • «Fiorentina» 2023 yil boşidan buyon barça turnirlar doirasidagi öyinlarida 102 gol urib, klub rekordini yangiladi.
  • «Tottenhem» hujumçisi Son Xin Min «Mançester Siti»ga qarşi öyinda 137 soniya içida ham raqib darvozasini, ham öz jamoasi darvozasini işğol etdi.