Toşkent şahrida qalbaki dollarni sotayotgan şaxslar uşlangan. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, departamentning Toşkent şahar boşqarmasi tomonidan DXX va IIV xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir ötkazilgan. Unda muqaddam sudlangan J.A. va boşqalar Çilonzor tumani, 6 mavzesida jami 400 dona 50 AQŞ dollarlik qalbaki 20 000 AQŞ dollarini fuqaro K.N.ga 10 000 dollarga sotgan vaqtlarida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qoğozlar yasaş, ularni ötkaziş) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.
Oldinroq Bekobodda 250 mln sömdan ortiq qalbaki kupyuralarni muomalaga kiritmoqçi bölgan şaxs uşlangandi.

















