Uzbekistan Airways aviakompaniyasi reyslarining Farğona aeroportidan Namangan va Toşkent aeroportiga ötkazilişi haqidagi ma’lumotlar Farğona aeroportining yopilişini anglatmaydi. Bu haqda Uzbekistan Airports xabar berdi.
Qayd qilinişiça, Farğona xalqaro aeroportida Transport vazirligi huzuridagi «Özaeronavigatsiya» DUK tomonidan zamonaviy uskunalar (uzoq masofali DME/NL2700 radiomayoq va SP-200 radionavigatsiya uskunasi) örnatilmoqda. Ta’kidlanişiça, bu aeroportning aeronavigatsiya tizimlari faoliyatini yaxşilaşga xizmat qiladi.
«Uşbu işlar aeroport faoliyatini töxtatiş va uni vaqtinça yopiş uçun asos bölmaydi. Farğona xalqaro aeroporti odatdagi rejimda işlamoqda», deyiladi xabarda.
Qayd qilinişiça, Farğonaga milliy aviataşuvçidan taşqari «Turkish Airlines», «Aeroflot», «Azimut», «Qanot Sharq», «Centrum Air», «Utair», «Ural Airlines», «S7», «Silk Avia» kabi aviakompaniyalar ham parvozlarni amalga oşirmoqda. Ularning reyslari köçirilişi haqida heç qanday xabar berilmagan.












