Turkmanistonning «Arkadag» futbol klubi mamlakat çempionatining navbatdagi turida asosiy raqibi «Oltin asr»ni 4:0 hisobida mağlub etib, muddatidan avval çempionlikni qölga kiritdi.
Bu «Arkadag» uçun ketma-ket yigirmançi ğalaba böldi. Klub çempionatda ham, mamlakat kubogida ham barça öyinlarda ğalaba qozongan.
«Arkadag» turnir yakunlanişiga tört tur qolganida «Oltin asr»ni 16 oçko ortda qoldirmoqda. Jamoa futbolçilari 20 ta öyinda 70 ta gol urgan – har bir öyinda örtaça 3 tadan köproq.
«Arkadag» futbol klubi 2023 yil bahorida taşkil etilgan va xuddi şu nomdagi yangi şaharning vakili hisoblanadi. Klub va şahar Turkmanistonning ikkinçi prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov şarafiga nomlangan. U Turkmanistonda Arkadag (Orqatoğ, homiy) unvoniga ega.
«Arkadag» futbol klubi taşkil etilganidan söng, uning tarkibi mamlakatning eng kuçli futbolçilari bilan töldirildi. Klub darhol Oliy Liga tarkibiga kiritildi.
Turkmaniston Oliy ligasida 9 ta klub iştirok etadi. Çempionat bahor-kuz tizimida 3 ta davradan iborat musobaqa şaklida ötkaziladi. Ğolib jamoa Osiyo Çempionlar ligasi saralaş bosqiçiga yöl oladi.












