Qoraqalpoğiston Respublikasida joylaşgan avtomobillarga gaz töldiriş kompressor stansiyalari tun-u kun rejimidan soat 6:00 dan 15:00 gaça işlaş rejimiga ötmoqda. Bu haqda “Hududgaz Qoraqalpoğiston”ga tayanib, KRuz.uz xabar berdi.
Bu çeklov 9–14 dekabr kunlari havo kesin sovib ketişi munosabati bilan iste’molçilarning tabiiy gazga talabi ortib, magistral tarmoqlarda gaz bosimi pasayişining oldini oliş maqsadida kiritilgan.
Avvalroq ayni sabab bilan Andijon viloyati hokimligi 4 dekabrdan boşlab viloyatdagi AGTKSlar iş vaqti 6:00 dan 15:00 gaça çeklanişi haqida xabar bergandi.
Ayni paytda ijtimoiy tarmoqlarda Toşkent şahridagi gaz quyiş şoxobçalari faoliyatida ham uzilişlar kuzatila boşlagani haqida ma’lumotlar bor.
Noyabr oyida parlamentda hisobot bergan energetika vaziri Jörabek Mirzamahmudov qattiq sovuq kunlarda gaz-şoxobçalariga ta’minot 30 foizgaça qisqartirilişi mumkinligini aytgandi.












