Latviya prezidenti Edgars Rinkeviçs Latviya hukumati rusiyzabon aholiga nisbatan yomon munosabatda bölayotganini e’lon qilgan Rossiya prezidenti Vladimir Putinning gaplarini «qörqitiş siyosati» deb atadi. «Bu ularning barça fuqarolari yoki «rus dunyosi» vakillari (boşqa mamlakatlarda) şafqatsizlarça masxara qilinayotgani haqidagi rus propagandasining odatiy hikoyasidir», dedi Rinkeviçs 6 dekabr, çorşanba kuni Neatkariga Rita Avize gazetasiga. Uning sözlariga köra, aslida şu yöl bilan «ular e’tiborni Rossiya Ukrainada sodir etayotgan narsalardan çalğitmoqçi».
4 dekabr kuni prezident huzuridagi Inson huquqlari böyiça kengaş a’zolari bilan uçraşuvda Putin Latviya hukumatini rusiyzabon aholiga nisbatan yomon munosabatda bölişda aybladi va bu Latviya uçun salbiy oqibatlarga olib kelişi mumkinligi haqida gapirdi. «U yoki bu davlatda yaşaşni istagan, u yerda işlab, şu davlatga qandaydir foydasi tekkan odamlarga nisbatan şunday siyosat olib borişsa, ularga yomon munosabatda bölişsa, oxir-oqibat ularning özlariga mamlakatda şunday munosabat paydo böladi», - dedi u.
Latviyada yaşovçi rossiyaliklar til imtihonini topşirişi kerak
Sentyabr oyi örtalarida Latviyada immigratsiya qonunçiligiga kiritilgan özgartirişlar kuçga kirdi, unga köra, mamlakatda yaşovçi Rossiya fuqarolari Yevropa Ittifoqida doimiy rezident sifatida yangi maqomini oliş uçun ikki yil içida latiş tili imtihonidan ötişi kerak. Bu vaqt mobaynida ularga çeklanmagan mehnat huquqi va davlat xizmatlari, jumladan, pensiya va nafaqalar oliş huquqiga ega bölgan vaqtinçalik yaşaş uçun ruxsatnoma beriladi.
Latviya rasmiylariga köra, yangi qoidalar 25 ming kişiga tegişli. Latviya tili imtihoniga yozilmagan va doimiy yaşaş uçun ruxsatnomani uzaytiriş uçun hujjatlarni taqdim etmagan rossiyaliklar tez orada uç oy içida mamlakatni tark etişni talab qiluvçi xat olişi mumkin. Xat taxminan 6000 kişiga yuborilişi ehtimoli bor.












