«Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 22 sentabrdagi 595-son qarori bilan tasdiqlangan qöşilgan qiymat soliği tölovçilarini soliq organlarida qöşilgan qiymat soliği böyiça maxsus röyxatdan ötkaziş tartibi töğrisidagi nizomga özgartiriş kiritiş haqida»gi hukumat qarori qabul qilindi.
Soliq organi QQS guvohnomasini faqatgina amalga oşirilayotgan bitimlar (operatsiyalar) xarid qilinayotgan va realizatsiya qilinayotgan tovarlar (xizmatlar) nomenklaturasiga mos kelmagandagina töxtatib turişi mumkin.
Ma’lumot uçun: QQS guvohnomasi — QQS tölovçisiga soliq organi tomonidan beriladigan maxsus röyxatdan ötkazilganligi va soliq qonunçiligi hujjatlarida belgilangan hollarda QQS hisobga oliş huquqini tasdiqlovçi elektron şakldagi hujjat.
Bunda, guvohnoma 30 kun muddatda töxtatib turiladi. Uşbu muddatda kameral hamda sayyor soliq tekşiruvlari natijasiga köra uşbu holatlar öz tasdiğini topmaganda, guvohnomaning amal qilişi qayta tiklanadi.
Ilgari soliq organlari guvohnomaning amal qilişini quyidagi holatlarda töxtatib turiş vakolatiga ega bölgan:
soliq qarzi mavjud bölganda;
soliq xavfining yuqori darajasiga ega soliq tölovçilar guruhiga mansub bölganda;
3 oydan ortiq vaqt davomida moliya-xöjalik faoliyati amalga oşirilmaganda.












