Özbekiston elçisi Alişer Qurmanov Ukraina davlat turizmni rivojlantiriş agentligi raisi Mariana Oleskiv bilan muzokaralar ötkazdi.

Mariana Oleskiv 16-20 oktyabr kunlari Samarqand şahrida bölib ötgan Butunjahon turizm taşkiloti (UNWTO) Boş assambleyasining 25-sessiyasida Ukraina delegatsiya rahbari sifati iştirok etganini ta’kidladi.

«Heç, şubha yöqki, Samarqandda taşkil etilgan UNWTO Boş assambleyasining 25-sessiyasidan söng barça iştirokçilar mamlakatingizga sayohat qilişni öz rejalariga kiritdi, – dedi u. – Uşbu xalqaro tadbirning barça iştirokçilari mamlakat boy madaniy-tarixiy merosi, Özbekistonning qadimiy Buyuk ipak yölida savdo markazi sifatida tutgan muhim örni, şuningdek, buyuk özbek olimlarining ulkan merosi haqida köplab ma’lumotlarga ega böldi».

Muzokaralar yakunida ikki davlat örtasida turizm sohasida hamkorlikni yanada mustahkamlaş maqsadida bir qator amaliy çora-tadbirlarni işlab çiqiş uçun özaro muloqotlarni davom ettiriş böyiça kelişib olindi.