Vazirlar Mahkamasining “Şaharsozlik faoliyatida ruxsat beriş tartib-taomillarini takomillaştirişga qaratilgan hukumatning ayrim qarorlariga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş, şuningdek, ba’zilarini öz kuçini yöqotgan deb hisoblaş töğrisida”gi qarori qabul qilindi.
Özbekiston hududida doimiy muassasasi bölgan norezident yuridik şaxslar ham balandliklarda sanoat alpinizmi usullarida ta’mirlaş, quriliş-montaj işlarini bajariş faoliyatini amalga oşiriş uçun litsenziya olişi mumkin. Lisenziya oliş uçun murojaat etiş muddati 15 kundan 10 kunga qisqartirilmoqda.
Şaharsozlik sohasidagi ayrim litsenziyalarni oliş uçun talablar kuçaytirilmoqda.
Misol uçun, köpriklar va tunnellarni loyihalaştiriş uçun litsenziyani oliş uçun taşkilot ştatida kamida 15 nafar mutaxassisga ega bölişi lozim, şulardan asosiy iş joyi sifatida işlovçi:
- direktor;
- soha böyiça oliy ma’lumotga va loyihalaştiriş sohasida kamida 5 yillik iş tajribasiga ega 3 nafar loyiha boş muhandisi;
- boş arxitektor;
- 2 nafar texnolog;
- 2 nafar konstruktor.
Lisenziyani şu jumladan çet el (doimiy muassasasi mavjud) yuridik şaxslar olişi mumkin. Körib çiqiş muddati 30 kundan 20 kunga qisqarmoqda.
Şuningdek, quyidagi faoliyat böyiça litsenziyalarni oliş uçun talablar kuçaymoqda:
- köpriklar va tunnellarni qurişga;
- xavfi yuqori bölgan obektlarni va potensial xavfli işlab çiqarişlarni loyihalaştiriş, quriş hamda ulardan foydalaniş böyiça.
Yangi litsenziya talablari 2024 yil 1 martdan kuçga kiradi, unga qadar tegişli litsenziyaga ega taşkilotlar öz faoliyatini yangi talablarga muvofiqlaştirişi lozim.
2024 yil 1 apreldan Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi sohasida nazorat qiliş inspeksiyasidan röyxatdan ötmagan holda qurilgan bino va inşootlardan foydalaniş uçun ruxsatnoma berilmaydi.












