Toşkentda ötkazilayotgan Silk Road Finance and Texnology xalqaro forumi doirasida islomiy moliya uçun huquqiy va institutsional imkoniyatlarni kengaytiriş masalalari ham muhokama qilinmoqda. Kun.uz muxbiri Markaziy bank raisi örinbosari Sanjar Nosirov bilan şu haqda suhbatlaşdi.
“Hozirda anʼanaviy bank mahsulotlariga muqobil ravişda islomiy moliya xizmatlari ham kirib kelmoqda. Agar tarixga nazar taşlasak, köp tösiqlar ilgari mavjud edi: qonunçilik yöq edi, aniq mexanizmlar şakllanmagan edi. Yaqinda islom moliyasini joriy qiliş böyiça qonun qabul qilindi. Dastlab islomiy moliyalaştiriş xizmatlarini körsatiş mikromoliya taşkilotlariga ruxsat berilgan edi, endi esa islomiy bank faoliyatiga ham qonun bilan ruxsat berildi.
Endi, şu qonun doirasida qonunosti hujjatlarini işlab çiqiş böyiça işlar olib borilmoqda. Yaqinda islomiy banklarni litsenziyalaş böyiça tartibni eʼlon qildik. Ikki xil litsenziya böladi. Birinçisi, tölaqonli islomiy moliya xizmatlarini körsatadigan islomiy bank uçun. Ikkinçisi esa anʼanaviy bank tarkibida islomiy bank xizmatlarini körsatadigan darça oçiş imkonini beradi. Yaʼni ikki xil litsenziyalaş mexanizmi joriy qilindi.
Litsenziya olib tizimga kirgandan keyin ularning joriy faoliyatini nazorat qiliş böyiça tartiblarni ham işlab çiqyapmiz. Buni ham yaqinda eʼlon qilamiz.
Bundan taşqari, qonun bilan ikki bosqiçli islomiy moliya kengaşlari joriy qilindi. Birinçisi – Markaziy bank huzuridagi Islomiy moliya kengaşi. Keyingi bosqiçda islomiy moliya xizmatlarini körsatuvçi banklarning özida alohida islomiy moliya kengaşlari böladi. U bank faoliyatining islomiy moliya standartlariga javob berişini kuzatib boradigan va taʼminlaydigan organ hisoblanadi. Buning huquqiy asoslarini yaratdik.
Endi, islomiy moliya tizimi joriy etilgaç, uning rivojlanişi böyiça ham iş olib boramiz. Islomiy moliya muqobil moliyaviy instrument bölganligi uçun har bir instrument böyiça tegişli standartlar joriy qilinadi. Murobaha böladimi, ijara böladimi, istisno böladimi - har bir instrument uçun alohida standart joriy qilamiz. Bu nafaqat banklar, balki isteʼmolçilar uçun ham xizmatlarni tuşunarli qilişga xizmat qiladi”, deydi Sanjar Nosirov.
Uning sözlariga köra, aholi hozirda raqamli bank xizmatlaridan qançalik qulay foydalanayotgan bölsa, islomiy moliya xizmatlaridan ham ana şunday raqamli formatda – mobil ilovalar orqali oson tarzda foydalanişi imkoniyati taʼminlanadi.
“Masalan, murobaha böladimi yoki boşqa xizmatlarmi, omonat qabul qilişmi - bularning barçasini raqamli yöllar, onlayn platformalar orqali amalga oşiriş mumkin. Bu xizmatlar anʼanaviy bank xizmatlari bilan raqobat qiladi. Raqobat natijasida islomiy moliya xizmatlari ham qölimizdagi telefonga kelişi kerakki, ular teng şaroitda raqobat qila olsin. Şuning uçun butun dunyoda ham sönggi paytlarda “digital Islamic finance” - raqamli islomiy moliya ğoyalari köproq yangramoqda. Maqsad - xizmatlarni teng şaroitlar asosida taqdim etiş”, – dedi MB raisi örinbosari.
Özbekiston banklarida mudoraba, vakala kabi islomiy omonatlar (qonunda “investitsiyaviy omonat” atamasi bilan ifodalangan) hali joriy etilmagan. Nosirovning aytişiça, çunki hali heç qaysi bank bunga litsenziya olmagan:
“Murobaha xizmatlari böyiça banklar agent sifatida, yaʼni taşqi investorlardan pul olib, ular nomidan xizmat körsatmoqda. [Aholi va tadbirkorlardan] mablağ jalb qiliş qismida esa, töğri aytdingiz, hozirça mahsulot yöq. Sababi hali heç qaysi bank litsenziya olgani yöq. Litsenziya olgandan keyin tölaqonli bank xizmatlarini körsatadi. Mablağ jalb qiliş, resurs taqdim qiliş, kreditga öxşagan muqobil xizmatlarni körsatiş böyiça tizim yaratiladi.
Hozir taşqaridan mablağ jalb qilinib, içkarida murobahaga öxşagan xizmatlar körsatilmoqda. Tizimimiz yölga qöyilgandan va banklar litsenziyalangandan keyin esa omonatga öxşagan mahsulotlar - amana, mudaraba, vakala kabi xizmatlar joriy qilinadi. Bunday xizmatlar orqali banklar islomiy moliya standartlari asosida mablağ jalb qilib, bu mablağ investitsiya qilinadi”.
Islomiy moliya tamoyillari asosidagi omonatlarni özbekistonliklar qaçon bankka qöyiş imkoniyatiga ega böladi?
“Kutib turiş kerak. Banklarimiz va litsenziyalaş böyiça qonunçiligimiz tayyor. Banklar Markaziy bankka litsenziya oliş uçun murojaat qilişi mumkin. Litsenziyalaş jarayonlari ham ketyapti. Hozir neçta bank[dan ariza kelib tuşgani] va boşqa tafsilotlar böyiça maʼlumot aytişimiz notöğri bölişi mumkin. Lekin litsenziyalaş jarayonlari ketyapti. Litsenziyani berganimizdan keyin ular bevosita içki tizimlarini ham yölga qöyişi kerak böladi. Dastlab, menimça, islomiy darçalar paydo böladi.
Öşa islomiy darçalar orqali xizmatlar körsatiladi. Bu jarayon unçalik köp çözilmasa kerak. Yil oxirigaça, menimça, xizmatlar taklif qilina boşlaşi mumkin”, – dedi Markaziy bank raisi örinbosari.
Maʼlumot uçun, islom moliyasida investitsiyaviy omonatning quyidagi ikki turi eng keng tarqalgan:
- Mudoraba – bir tomon kapital, ikkinçi tomon esa özining mehnati, boşqaruvi va tadbirkorlik tajribasini qöşadigan şeriklik şartnomasi. Bunda investor bankka mablağ qöyadi, bank esa bu mablağni şariatga muvofiq investitsiya qiladi, foyda tomonlar örtasida kelişilgan nisbatda taqsimlanadi.
- Vakala – bir tomonning boşqa tomonni öz nomidan muayyan işni bajariş uçun vakil qilişi. Bunda investor bankka: “Mening mablağimni şariatga muvofiq investitsiya qilib boşqaring”, deya vakolat beradi. Bank mablağni investitsiya qilişdan kelgan foydani investorga tölab beradi, özi esa körsatgan xizmati uçun oldindan kelişilgan haq (vaqala haqi)ni oladi.
Eslatib ötamiz, islomiy moliya mahsulotlarini joriy etişga qaratilgan qonun 2026-yil 29-iyuldan kuçga kirdi.
Mart oyida, şu qonun imzolanişi bilan munosabati bilan prezident huzurida ötgan yiğilişda berilgan maʼlumotga köra, joriy yilda kamida bitta tijorat bankida islomiy darça faoliyatini yölga qöyiş, 2026-2030 yillarda esa töliq islomiy bank faoliyatini amalga oşiruvçi ikkita bank taşkil etiş rejalaştirilgan.
















