Özbekiston prezidenti tadbirkorlar bilan muloqotida byurokratiyani qisqartirişga oid qator yangiliklarni e’lon qildi.
Tadbirkorlikka oid davlat xizmatlarining 50 foizi “sukut – rozilik” tamoyiliga ötkaziladi. Ya’ni ariza belgilangan muddatda körib çiqilmasa, u avtomatik ravişda tadbirkor foydasiga hal qilingan hisoblanadi.
Litsenziya böyiça ariza rad etilgan har bir holatni Biznes-ombudsman örganadi. Asossiz rad qiliş uçun javobgarlik kuçaytiriladi.
Tez orada 30 dan ziyod faoliyat turi böyiça litsenziya va ruxsatnoma bekor qilinadi, yana 35 tasini beriş muddati 2-3 karra qisqaradi. 10 ta ruxsat xabardor qiliş tartibiga ötkaziladi.
Oziq-ovqat eksporti uçun talab etiladigan veterinariya, sanitariya va fitosanitariya ruxsatnomalarining örniga yagona “Salomatlik sertifikati” beriladi. Yangi litsenziya va ruxsatnoma joriy etişdan oldin u uç hududda olti oy eksperimentdan ötkaziladi.
Tadbirkorlar mulkiga ijro hujjatlari asosida taqiq qöyiş bilan boğliq e’tirozlar ham köpligi qayd etildi. Mazkur masalalar böyiça alohida uçraşuv ötkazilib, tizimli yeçimlar belgilanadi.









