Bu haqda aeroklub rahbari Andrey Yermolayevning Farğona viloyatiga taşrifida viloyat hokimligi rasmiylari bilan ötkazilgan muzokaralar çoğida ma’lum qilindi.
Farğona viloyatining iqlim şaroitlarini havo şari uçiriş uçun maqbul ekanini qayd etgan Andrey Yermolayev, viloyat hududida bunday tadbirni ötkazilişi turizmni rivojlantiriş hamda viloyatni xorijda tanitiş nuqtai nazaridan samarali bölişini ta’kidladi.

Global Media ballooning aeroklubi Qozon şahrida 4 ta aerostat bilan havo şari parvozlarini taşkil etgan bölib, bugungi kunda şahar mehmonlari va mahalliy aholi tomonidan bunday havo sayohatiga talab yuqori.
Muzokaralar yakunida uçiş sohasini tartibga soluvçi idoralar bilan Farğonada havo şarlarida parvozlarni taşkil etiş böyiça maslahatlaşuvlardan söng muzokaralarni yaqin kunlarda davom ettirişga kelişib olindi.












