Ukraina armiyasining şu yil yozdagi muvaffaqiyatsiz qarşi hujumidan söng, Qöşma Ştatlar Ukraina uçun yangi harbiy reja tayyorlamoqda, deb xabar berdi The New York Times 11 dekabr, duşanba kuni manbalarga tayanib. Uning sözlariga köra, amerikalik general şu maqsadda Ukrainaga yuborilmoqda va u yerda «köp vaqt» ötkazadi. Şuningdek, naşr Amerika va Ukraina harbiylariga tayanib, bir oy içida Germaniyaning Visbaden şahrida ötkazilişi rejalaştirilgan bir qator harbiy öyinlarda yangi strategiya tafsilotlari işlab çiqilişini ham xabar qilmoqda.

NYT: Kiyev uruşni moliyalaştiriş qançalik beqaror ekanini anglamayapti

Vaşington Kiyev yangi strategiyasiz va qöşimça mablağsiz uruşda yutqazişidan xavotirda. Amerika rasmiylarining sözlariga köra, Ukraina Qurolli kuçlari va Ukraina rahbariyatidagi köpçilik AQŞ harbiy ta’minotidan «ğarb zaxiralaridan mavjud bölmagan millionlab snaryadlarni» söragan holda real bölmagan umidlarga ega va AQŞning moliyaviy yordami qançalik beqaror ekanini tuşunmayapti.

Gazetaning yozişiça, amerikalik rasmiylar Ukraina çeklangan budjet bilan kuraşişga töğri keladi, deb hisoblamoqda. Ular, şuningdek, strategiyani özgartirmasa, 2024 yil birinçi jahon uruşining eng halokatli yili bölgan 1916 yilga öxşaş bölişi mumkin, degan xavotirda, öşanda minglab odamlar halok bölgan va front çiziği deyarli özgarmagandi.

Ukraina hududni uşlab turişi va kuç töplaşi kerak

Gazetaning yozişiça, amerikaliklar konservativ strategiyaga amal qiladi, bu strategiya doirasida Ukraina hududlarni saqlab qolişi va 2024 yil davomida öz işlab çiqarişini rivojlantiriş orqali kuçlar va qurol-yaroğ zaxiralarini yaratişi kerak.

Ba’zi amerikalik harbiy amaldorlarning fikriça, bu strategiya Ukrainaning öz ta’minotini yaxşilaydi, xavfsizligini ta’minlaydi va Rossiyaning har qanday yangi hujumini qaytarişga imkon beradi. «Maqsad - Rossiya kelasi yil oxirida yoki 2025 yilda mazmunli muzokaralarda qatnaşiş imkoniyatini körib çiqişi mumkin bölgan yetarliça real tahdid yaratiş», - deya xulosa qiladi NYT manbalarining sözlarini.

Şu bilan birga, ukrainaliklar Rossiyaning içkari qismiga zarba berişga asoslangan strategiyani örganmoqda, deb yozadi naşr Qrimdagi nişonlarga kuzgi hujumlarni misol tariqasida keltirib. Ukraina tomoni qurol zavodlari, qurol omborlari va öq-dorilar bilan poyezdlarga hujumlar orqali Rossiyani muvozanatdan çiqarişning ijodiy yöllarini qidirmoqda, dedi NYT suhbatdoşlari.