Oila va xotin-qizlar qömitasi, Içki işlar vazirligi va boşqa mutasaddi taşkilotlar iştirokida ötkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilinişiça, joylarda ajrimlarning oldini oliş maqsadida mahallalarda “Nizoli oilalar bilan individual işlaş tartibi” joriy etildi.
9 442 ta mahallada faollar, “Oqila ayollar harakati” a’zolari, jamoatçilik vakillari hamkorlikda nizoli oilalar bilan yakka tartibda işlaş orqali 24 193 nafar ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalardan 20 265 nafari yaraştirildi.

Mahallalarda bevosita xotin-qizlar faollari tomonidan belgilangan 7 ta yönalişda yanvar-noyabr oylari davomida jami 533 041 ta muammo aniqlanib, şundan 513 824 ta muammo bartaraf etildi. Jumladan:
nizoli 43 803 ta oilalar aniqlandi va 36 272 tasi murosaga keltirildi;
işlaş istagi bölgan 143 487 nafar xotin-qizlarning 135 342 nafarining bandligi ta’minlanişiga kömaklaşildi;
kasb-hunarga öqiş va örganiş istagi bölgan 41 508 nafar xotin-qizlarning 41 165 nafari kasb-hunarga öqitişga yönaltirildi;
ijtimoiy xizmat va ijtimoiy yordamga muhtoj 251 460 ta oila aniqlangan bölib, şundan 249 637 ta oilaga yordam körsatildi.
profilaktik hisobda turgan 3 412 nafar xotin-qizlarning 2 939 nafarini muammosi hal etildi, 447 nafari profilaktik hisobdan çiqarildi;
migratsiyadagi 9 187 nafar xotin-qizlarga tegişli yordam körsatildi; 3 182 nafar xotin-qizlar migratsiyadan qaytarildi;
xonadon gigiyenasi, soğlom turmuş tarzini yölga qöyiş böyiça 39 793 ta muammolar aniqlangan bölib, şundan 39 116 ta muammo bartaraf etildi.













