Noyabr oyida Surxondaryo viloyati Jarqörğon tumanida sodir bölgan ikkita yöl-transport hodisasida tört kişi hayotdan köz yumgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.
Birinçi hodisa. 2023 yil 19 noyabr kuni Jarqörğon tumani Oqtepa mahallasida 28 yoşli haydovçi «Matiz» maşinasi bilan yöl çetida ketayotgan aka-singilni urib yuborgan.
Oqibatda 18 yoşli aka va 10 yoşli singil oğir tan jarohatlari olib, halok bölgan
Ikkinçi hodisa. 2023 yil 30 noyabr kuni Jarqörğon tumanining Obi hayot mahallasi hududidan ötuvçi yölda sodir bölgan.
Termiz-Jarqörğon yönalişida kelayotgan «Jyentra» haydovçisi ehtiyotsizlik qilib, röparadan kelayotgan «Kobalt»ning yöliga çiqib ketgan va u bilan töqnaşgan.
Oqibatda «Jyentra» haydovçisi va va uning yonida ketayotgan tenquri halok bölgan.
Qayd etilişiça, har ikki hodisa sodir bölgan mahallalarda tarğibot tadbirlari ötkazilgan. Ularda ayançli YTHlar sodir bölmasligi uçun haydovçilar va fuqarolar yöl-harakati qoidalariga rioya qilişlari lozimligi uqtirilgan.












