Uçraşuvda Özbekiston va BMT ayollar tuzilmasi örtasida qöşma loyihalarni amalga oşiriş orqali hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlaş masalalari körib çiqildi.   

Xususan, xotin-qizlarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytiriş va ayollar tadbirkorligini rivojlantiriş, ularning ijtimoiy himoyasini ta’minlaş, munosib iş örinlari yaratiş kabi yönalişlarga e’tibor qaratildi.

Özbekiston jahon hamjamiyatida gender tenglikni ta’minlaşda eng faol davlatlardan biri sifatida aniq çora-tadbirlarni, jumladan, 2030 yilgaça bölgan gender tenglikka erişiş böyiça strategiyani amalga oşirayotgani, şu bilan birga “Özbekiston–2030” strategiyasida belgilangan vazifalar BMTning ğoyalari bilan hamohang ekani alohida qayd etildi.

Şuningdek, suhbat çoğida kelgusida birgalikda amalga oşiriladigan rejalar, hamkorlikda ötkaziladigan xalqaro tadbirlar yuzasidan atrofliça fikr almaşildi.