Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Vaşingtonga taşrifi çoğida AQŞ Senati a’zolari bilan uçraşdi. 12 dekabr, seşanba kuni AQŞ Kongressida yopiq eşiklar ortida bölib ötgan uçraşuvda Zelenskiy senatorlarni Ukraina uçun qöşimça mablağ ajratişni ma’qullaşga çaqirdi.
Ukraina prezidentining sözlariga köra, AQŞ Senatidagi uçraşuv «döstona va samimiy» ötdi. Bu «Ukrainaning mustaqillik, erkinlik va demokratiya uçun kuraşda qöllab-quvvatlanişining muhim tasdiğidir», deb yozdi Volodimir Zelenskiy Telegram-kanalida. Uning sözlariga köra, u senatorlarga Ukrainadagi xavfsizlik va iqtisodiy vaziyatni bayon qilgan va «Amerikaning hayotiy yordamini saqlab qoliş» zarurligini ta’kidlagan.
Zelenskiy, şuningdek, Senatdagi Demokratik partiya yetakçisi Çak Şumer va Senatdagi Respublikaçilar yetakçisi Mitç Makkonnelga Ukrainaga ikki partiyaviy yordamni kuçaytirgani uçun minnatdorçilik bildirdi.
Şumer: Zelenskiy bilan kuçli uçraşuv
Öz navbatida Şumer senatorlar va Zelenskiy örtasidagi uçraşuvni «juda kuçli» deb atadi. Uning sözlariga köra, Ukraina rahbari öz mamlakatining ehtiyojlari va AQŞdan Ukrainaga mumkin bölgan yordam variantlarini «mufassal tuşuntirib bergan», şuningdek, bu yordam Kiyevning ğalaba qozonişiga qanday yordam berişi mumkinligini aytgan. «Agar u kerakli yordamni olsa, ğalaba qozonadi», - deya Şumer sözlarini keltirgan CNN. Senatdagi demokratlar yetakçisi, agar Ukraina mağlub bölsa, Rossiya prezidenti Vladimir Putin ğalaba qozonişini va «bu Qöşma Ştatlar uçun juda va juda xavfli» ekanini ta’kidladi.
Öz navbatida respublikaçi Tom Tillisning CNN telekanaliga aytişiça, uçraşuv çoğida Ukrainadagi korrupsiya muammosi ham körib çiqildi.
AQŞ Kongressi hozirça Kiyevga kömak uçun qöşimça mablağ ajratişni ma’qullamagan
Oktyabr oyida AQŞ prezidenti Jo Bayden Kongressga Ukrainaga bir yilga 61,4 milliard dollar, şuningdek, Isroil mudofaasini mustahkamlaş uçun 14,3 milliard dollar miqdorida moliyaviy yordam sörab murojaat qilgan edi. Qonun çiqaruvçilar bu mablağni ajratiş böyiça haligaça kelişolmagan.
Agar AQŞ Kongressi Kiyevga yordam uçun qöşimça mablağ ajratişni ma’qullamasa, Vaşingtonda joriy yil oxirigaça Ukrainaga qurol-yaroğ va jihozlar sotib oliş resurslari tugaydi, dedi Oq uy boşqaruv va budjet bölimi direktori Şalanda Yang spiker Mayk Jonsonga. Uning sözlariga köra, Amerika qurol-yaroği va jihozlarini yetkazib berişni töxtatiş «nafaqat Ukraina erişgan muvaffaqiyatlarni xavf ostiga qöyadi, balki Rossiya harbiylarining ğalaba qozoniş ehtimolini ham oşiradi».
Bu Volodimir Zelenskiyning Ukrainada keng kölamli uruş boşlanganidan beri Vaşingtonga uçinçi taşrifi.












