Vengriyaning Ukraina böyiça pozitsiyasi Yevropa Ittifoqi rahbarlarini boşi berk köçadan olib çiqiş yölini Germaniya kansleri Olaf Şols öylab topdi. Bu haqda DW naşriga 14 dekabr, payşanba kuni keçqurun YeI diplomatik doiralaridagi bir qança manbalar ma’lum qildi. Yevropa kengaşi Ukraina bilan a’zolik böyiça muzokaralarni boşlaş töğrisidagi qarori çoğida Vengriya boş vaziri Viktor Orban zalni tark etgan va şu tariqa qarorga veto qöymagan. Va bu Yevropa Ittifoqining heç bir a’zosi tomonidan bloklanmaganligi sababli, u qonuniy deb hisoblanadi, dedi jurnalistlarga Yevropa Ittifoqining yuqori martabali rasmiysi.

Uning sözlariga köra, «Orban qisqa muddatga oldindan kelişilgan va konstruktiv tarzda zalni tark etgan». Bryusseldagi diplomatlarning DW naşriga aytişiça, Vengriya boş vaziri Ukrainaning a’zo böliş böyiça muzokaralar boşlanişini boşqa yetakçilar ma’qullagan paytda sammit zalini tark etişi taklifi Şolsdan çiqqan. Ular Viktor Orban özi yöqligida nima bölişini aniq bilganini ta’kidladilar.

Köp ötmay, Vengriya boş vaziri Facebook'da video joylaştirdi, unda u «yomon qaror» deb atagan narsada iştirok etişni istamagani uçun ovoz berişda betaraf qolganini tuşuntirdi. Hatto ertalab sammitga yetib borganida ham Orban «hozir Ukrainaning a’zoligi böyiça muzokaralar olib boriş uçun heç qanday sabab yöq», çunki u Yevropa komissiyasi tomonidan ilgari surilgan yetti şartning hammasini bajarmaganini aytdi. Avvalroq Orban Ukrainani dunyodagi eng korrupsiyalaşgan davlat deb atagan va hatto Ukrainani sammit kun tartibidan çiqarişni talab qilgan edi.

Sammit arafasida Yevrokomissiya Vengriya uçun möljallangan YeI mablağlaridan 10 milliard yevroni blokdan çiqardi. Mablağlar Bryussel tomonidan Vengriya sud tizimining mustaqilligiga şubha tufayli muzlatib qöyilgan. 13 dekabr kuni keçqurun e’lon qilingan press-relizda Yevropa komissiyasi öz bahosida Budapeşt Yevropa Ittifoqining Asosiy huquqlar xartiyasining sud hokimiyati mustaqilligiga oid şartlarini bajarganini ta’kidladi. «Bu birlaşiş siyosatini moliyalaştirişning bir qismi endi bloklanmasligini anglatadi va şuning uçun Vengriya taxminan 10,2 milliard yevrogaça pulni talab qila boşlaydi», deyiladi hujjatda.