Qoidalar «Tovar belgilari, xizmat körsatiş belgilari va tovar kelib çiqqan joy nomlari töğrisida»gi qonunga muvofiq tasdiqlangan va quyidagilarni belgilaydi:

  • tovar kelib çiqqan joy nomini va tovar kelib çiqqan joy nomidan foydalaniş huquqini röyxatdan ötkaziş uçun talabnomalarni tuziş va topşiriş tartibi;
  • röyxatdan ötkaziş uçun talabnomaga qöyiladigan talablar va uning mazmuni;
  • talabnomani körib çiqiş va ekspertizadan ötkaziş tartibi va boşqalar.

 
Mamlakat, aholi punkti, joy yoki boşqa jöğrofiy obektning tovarni belgilaş uçun işlatiladigan, uning alohida xususiyatlari tamomila yoki asosan mazkur jöğrofiy obektga xos tabiiy şaroitlar bilan yoki boşqa omillar yoxud tabiiy şaroitlar va uşbu omillarning birikmasi bilan belgilanadigan nomi tovar kelib çiqqan joy nomi deb e’tirof etiladi.

Quyidagi belgilar tovar kelib çiqqan joy nomi sifatida röyxatdan ötkazilmaydi:

  • tovar kelib çiqqan joy xususida iste’molçini çalğitib qöyadigan jöğrofiy nom bölgan belgilar;
  • tovar kelib çiqqan haqiqiy joyni rasman körsatuvçi, lekin tovar boşqa hududda çiqarilayotganligi haqida yangliş tasavvur beruvçi belgilar;
  • tovar tayyorlangan joy nomi bilan boğliq bölmagan jöğrofiy nomni anglatuvçi va Özbekistonda muayyan turdagi tovar belgisi sifatida umum foydalanişda bölgan belgilar;
  • şu turdagi tovarga nisbatan tovar kelib çiqqan joy nomi yoki geografik körsatkiç sifatida röyxatdan ötkazilgan belgilar.