Ukraina va Ruminiya Jyenevada Transçegaraviy kontekstda atrof-muhitga ta’sirni baholaş töğrisidagi konvensiya (Espo konvensiyasi) iştirokçilari 9-yiğilişi doirasida Dunay-Qora dengiz kanali böyiça uzoq yillik bahsda murosaga erişdi. Bu haqda Ukraina atrof-muhitni muhofaza qiliş va tabiiy resurslar vaziri Ruslan Strelets Facebook’da ma’lumot berdi. 

«Biz uy vazifasini bajardik va loyihani Konvensiya talablariga muvofiqlaştiriş uçun uzoq yölni bosib ötdik. Ukraina yaxşi qöşniçilik munosabatlari va xalqaro huquq normalariga rioya qilişga befarq emas. Biz umumiy pozitsiyani xohlaymiz va ötmişdagi xatolarni tuzata olamiz», — deb yozdi u. 

Strelets tegişli qarorni tarixiy deb atadi hamda Ruminiya atrof-muhit, suv va örmon xöjaligi vaziri Mirça Feketga körsatgan yordami uçun, Moldova atrof-muhitni muhofaza qiliş vaziri Iordanka-Rodika Iordanovga «Konvensiya iştirokçilarining umumiy uçraşuvidagi professional va diplomatik raisligi uçun» minnatdorçilik bildirdi. 

Ukraina va Ruminiya örtasida Dunay deltasidagi kanal böyiça kelişmovçilik 

Ruminiya va Ukraina örtasidagi Dunay deltasi böyiça bahs 2004 yildan beri davom etmoqda. Öşanda Kiyev Dunay deltasidagi Kiliya va Eski Istanbul yönalişlari böylab ötadigan Dunay - Qora dengiz kanali böylab eksperimental navigatsiyani işga tuşirgan. 

Ruminiya va Yevropa komissiyasi Ukraina tomonidan kanalni özlaştirişga qarşi bölib, atrof-muhit va tabiatni muhofaza qiliş standartlari, şuningdek, Dunay deltasi YuNESKO himoyasida ekanligiga işora qildi. 

2005 yilda Ukrainaning öşa paytdagi prezidenti Viktor Yuşçenkoning qarori bilan ekspertiza uçun kanalni çuqurlaştiriş böyiça işlar töxtatildi. Ukraina atrof-muhitni muhofaza qiliş vazirligi quriliş atrof-muhitga zarar keltirmaydi, degan xulosaga kelgan. Ruminiya bu xulosaga rozi bölmadi. 

2010 yilda Ukraina Yevropa komissiyasiga Ruminiya ustidan Buxarestning Dunayni kengaytiriş rejalari ustidan şikoyat qilgan.