Ukrainlar boş qömondoni «prosluşka» qilingani haqidagi ilk xabarlar 17 dekabr kuni keçqurun tarqala boşladi. BBC Ukraina xizmatining hukumut tuzilmalaridagi manbalari ham eşitiş moslamasi Zalujniyning iş joyidagi xonalardan biridan topilganini tasdiqlagan.
Bir neça soat vaqt ötib Ukraina xavfsizlik xizmati mazkur vaziyat yuzasidan bayonot berdi. Maxsus xizmatdagilar «juçok» boş qömondonning kabinetida emas, balki «Ukraina qurolli kuçlari boş qömondoni ötirişi mumkin bölgan xonalardan birida» örnatilganini qayd etgan. Ya’ni bu joy harbiy boşliq işlaşi uçun endigina tayyorlangan bölgan.
«Dastlabki ma’lumotlarga köra, aniqlangan qurilma soz holatda emas. Qandaydir ma’lumotlarni töplaş yoki audioyozuvlarni masofadan uzatiş vositalari aniqlanmagan. Bu texnik qurilma ekspertizaga taqdim etiladi», — deyilgan Ukraina xavfsizlik xizmati bayonotida.
Şu bilan bir vaqtda harbiy tahlilçi va «Tsenzor.net» naşri boş muharriri Yuriy Butusov «juçoklar» bir neçta bölganini xabar qildi: ulardan biri — Zalujniy foydalanişi mumkin bölgan stol ostiga, boşqasi — uning yordamçisi Konstantin Buşuyevning xonasida bölgan.
Ukraina qurolli kuçlari boş ştabi ham ikkita «juçok» topilganini tasdiqlagan.
«Eşitiş moslamalari Ukraina qurolli kuçlari boş qömondoni va uning faoliyatini ta’minlaş apparati xodimlari işlaşi uçun közda tutilgan kabinetlarga örnatilgan», — deyilgan Boş ştab xabarida.
Bu qanday «juçok» va u qayerda bölgan?

Foto: Ukraina prezidenti ofisi
Zalujniyning özi Kiyevda jurnalistlar bilan muloqot çoğida aytişiça, «eşitiş moslamasi» aniqlangan kabinetda u aynan 18 dekabr kuni işlaşi kerak bölgandi.
Boş qömondonning izohlaşiça, özi va jamoasi ançadan buyon töğridan töğri Ukraina qurolli kuçlari Boş ştabi binosida işlamayapti va boşqa bir qança binolardan foydalanmoqda. Eşitiş qurilmasi ham şunday joylardan birida topilgan, ammo harbiylar ançadan buyon bu yerda bölişmagandi.
«Menda işlaş uçun bir neça joy bor. Va bu şunday joylardan birida bölgan. Men u yerda ançadan buyon bölmagandim».
Ukraina xavfsizlik xizmati kontrrazvedka departamenti va Ukraina mudofaa vazirligi Boş razvedka boşqarmasi sobiq boşliği Valeriy Kondratyuk öz manbasiga tayangan holda ma’lum qilişiça, bu binoda zarur sertifikat bölmagan. Ya’ni maxfiy ma’lumotga ega xodimlar u yerda işlaşi mumkin bölmagan.
«Bu qurilmalar topilgan joy — sertifikatlanmagan. Maxfiy ma’lumotlar böyiça gaplaşiş va işlaş uçun muayyan bino Ukraina xavfsizlik xizmatidan sertifikat oladi», — deya izohlagan u «Radio NV» radiostansiyasi efirida.
Oliy radaning sobiq deputati, hozir esa prezident ofisi maslahatçisi hisoblangan Sergey Leşçenkoning aytişiça, «jamoat binosi»dagi bu joy uzoq vaqt davomida davlat mulki hisoblangan, ammo keyin xususiy investor qöliga ötgan va u bu joyni öz xohişiga köra tasarruf etgan.
«Bu binoda bir yil muqaddam Valeriy Zalujniy ötirgandi, ammo öşa xonada emas. Bu kabinetda uning qöl ostidagilar ötirişgan. Keyin ular joylaşgan örnini özgartirişgan. Endi esa bu binoga qaytişni xohlab qolişgandi», — degan Leşçenko.
Prezident ofisi rahbari maslahatçisi «prosluşka»ning özi haqida bu «ukrain xizmatlari [sobiq prezident Viktor] Yanukoviç davrida foydalangan eski qurilma» ekanini va göyoki axborot yiğiş yoki signal uzatiş uçun jihozga ega bölmaganini aytgan.
Buni kim va nega qildi?
Bu Ukraina harbiy kontrrazvedka kuniga [18 dekabr kuni nişonlanadi — Tahr.] «sovğa» böldi, deya hazilomuz gapiradi BBC bilan suhbatda Ukraina xavfsizlik xizmatining sobiq örinbosari Viktor Yagun boş qömondon «eşitilgani» yuzasidan.
U topilgan «juçok» — amalda nosoz yasama eşitiş moslamasi ekanini aytadi. Ya’ni, katta ehtimol bilan, u umuman maxfiy ma’lumotlarni yozib oliş uçun işlamagan va faqat topib olinişi arafasida örnatilgan.
Maxsus xizmatlarning sobiq xodimi buni Ukraina qurolli kuçlari boş qömondoni işlaydigan joy — maxsus mutaxassislar har kuni tekşiradigan nozik obekt ekani bilan izohlaydi. Bundan taşqari, u yerda binodagi har qanday video va audio qayd etişga tösqinlik qiladigan maxsus apparatura örnatilişi kerak bölgan.
General Yagun şularni hisobga olgan holda «prosluşka aniqlanişi» — rossiyaliklar operatsiyasi emas, balki Ukrainadagi siyosiy kuraş elementlaridan biri ekanini taxmin qiladi. U ma’lum vaqtdan keyin jamoatçilikka göyoki Zalujniyning kabinetidan soxtalaştirilgan yozuv sizdirilişi mumkinligini ham istisno etmaydi.

«Bu, boş qömondonni prezident ofisi bilan nizolaştirişga qaratilgan kampaniya doirasidagi iş bölişi mumkin. Buni istaydiganlar juda köp», — degan u.
Sönggi vaqtlarda OAVda Zalujniy va prezident Volodimir Zelenskiy örtasidagi mojaro haqidagi ma’lumotlar paydo bölmoqda. Bu xabarlarga köra, davlat rahbari göyoki Ukraina qurolli kuçlari boş qömondoni siyosiy ambitsiyalarga ega deb hisoblaydi.
Şu bilan birga, duşanba kuni Ukraina mudofaa vazirligi Boş razvedka boşqarmasi vakili Andrey Yusovning aytişiça, Zalujniy foydalanişi mumkin bölgan xonaga eşitiş moslamasi örnatiş — «duşmanning Ukrainaning harbiy rejalari töğrisida ma’lumot olişga urinişidir».
«Bu, albatta, şov-şuvli voqea. Kontrrazvedka organlari, xususan Ukraina xavfsizlik xizmati bu vaziyat bilan şuğullanişi lozim. Uruş davom etmoqda va duşman turli yöllar bilan ma’lumot olişga, rejalarimizni örganişga urinmoqda», — degan Yusov.
Öz navbatida general Valeriy Kondratyuk qonunçilik hukumat amaldorlari xonalariga eşitiş moslamalari örnatiş uçun faqat ikki idoraga huquq berişiga e’tibor qaratadi: Ukraina xavfsizlik xizmati va Milliy aksilkorrupsiya byurosi. Ammo ular bunday protsessual harakatlar ötkaziş uçun sud sanksiyasini olişi kerak.
Şunga köra, agar Zalujniyning xonasiga «juçok» noqonuniy örnatilgan bölsa, bu şunday harakatlarning oldini olişi lozim bölgan Ukraina harbiy kontrrazvedkasining jiddiy xatosi bölib çiqadi.
«Bu, menimça, siyosiy mojaro sifatida katta oqibatlarga olib keladigan jinoyatdir», — deb hisoblaydi Ukrainaning sobiq boş razvedkaçisi.
U bunday harakatning ehtimoliy buyurtmaçisi taşqi kuçlar bölişi mumkinligini ham istisno etmaydi.
«Bugungi kunda Zalujniyning öz atrofidagilari bilan muhokama qilayotgan ma’lumotlar nafaqat rossiyaliklar, balki ruslar vositaçi sifatida foydalanişi mumkin bölgan boşqa istalgan tomonda katta qiziqiş uyğotadi», — deydi Kondratyuk.
Zalujniy esa «juçok» aniqlangan xonada heç qanday maxfiy ma’lumotlar haqida gaplaşilmaganini bildirgan. Bu mazkur bino uzoq vaqt davomida harbiy qömondonlik tomonidan umuman foydalanilmagani bilan izohlanadi.
Boş qömondondan öz kabinetida eşitiş moslamasi topilganini qanday baholaşi söralgan — bosim yoki boşqa şunga öxşaş narsa, u esa şunday javob qaytargan: «Heç qanday. Uruş kabi. Bu nima bölişi mumkinligini tergov körsatadi».












