Uçraşuvda Air Cairo aviakompaniyasi tomonidan Farğona va Misrning Şarm-al-Şayx şahri örtasida muntazam aviaqatnovlar yölga qöyiş masalasi muhokama qilindi.

Farğona xalqaro aeroportini xorijlik hamkorlar bilan birgalikda davlat-xususiy şeriklik asosida modernizatsiya qiliş va boşqariş loyihasi ustida iş olib borilayotganini ma’lum qilgan viloyat hokimi, Misr bilan töğridan töğri aviaqatnovlarning yölga qöyilişi aeroportda yillik yölovçilar oqimini kengayişiga, Misr bilan Farğona örtasida har tomonlama hamkorlik aloqalari rivojlanişiga xizmat qilişini ta’kidlab, viloyat hokimligi tomonidan har tomonlama kömak berişga tayyor ekanliklarini bildirdi.

Yoz boşlarida yölga qöyilişi rejalaştirilayotgan qatnovlarga Transport vazirligi huzuridagi fuqaro aviatsiyasi agentligidan ruxsatnoma rasmiylaştirişni jadallaştiriş böyiça birgalikda iş taşkil etilişiga kelişib olindi.

2003 yilda taşkil etilgan Air Cairo charter aviakompaniyasining ştab-kvartirasi Qohirada joylaşgan bölib, Misrning milliy aviataşuvçisi EgyptAir tarkibiga kiradi. 30 ta zamonaviy laynerlarga ega bölgan aviakompaniya hozirda Misr şaharlariga, 30 ga yaqin davlatlarga, şu jumladan, Toşkent şahriga jami 70 dan ortiq yönalişlarga parvozlarni amalga oşirib keladi.