Indoneziyaning Sulavesi orolida nikelni qayta işlaş zavodida sodir bölgan portlaş oqibatida kamida 13 kişi halok böldi, yana 38 kişi jarohatlandi, deya xabar berdi mahalliy politsiya 24 dekabr, yakşanba kuni.

Portlaş eritiş peçini ta’mirlaş vaqtida sodir bölgan. Dastlabki ma’lumotlarga köra, suyuqlik peçning pastki qismiga tuşib ketgan hamda portlaşni keltirib çiqargan. Qayd etilişiça, halok bölganlar orasida beş nafar Xitoy fuqarosi ham bor.

Xitoy Sulavesida nikelni qayta işlaşga katta sarmoya kiritmoqda. Xitoyning Tsingshan konserni fojia yuz bergan korxonaga egalik qiluvçi Indoneziyaning ITSS kompaniyasi eng yirik aksiyadori hisoblanadi. Nikel, boşqa narsalar qatori, elektromobillar uçun akkumulyatorlar işlab çiqariş maqsadida işlatiladi.