Toşkentda 18 yoşli yigit katta yoşli erkak tomonidan kaltaklangan. Oqibatda yigitning umurtqa poğonasi sinib, şifoxonaga yotqizilgan. Mojaroga yigit yetaklab ketayotgan it sabab bölgan.

Yigitning onasi ijtimoiy tarmoqlarda hodisani körganlardan guvohlikka ötişni sörab post qoldirgan. Unda şunday deyiladi:

“Aziz yunusobodliklar. Voqea Yunusobod tumani 13-mavzeda, 246-maktabga yaqin joyda 17 dekabr yakşanba kuni soat taxminan 13:00 larda sodir bölgan. 18 yoşli ösmir öz iti bilan sayr qilib yurganda it öşa joydan ötib ketayotgan qizni hidlagan va tajovuz körsatmasdan undan uzoqlaşgan. Şu payt qizning 40 yoşli otasi yugurib kelib, itni tepişni boşlagan. Ösmir erkakni itarib yuborgan. Şunda erkak uni urgan. Oqibatda ösmirning umurtqa poğonasi singan va hozir u kasalxonada. Biz voqeani körgan guvohlarni qidiryapmiz. Agar kimdir hodisani körgan bölsa, iltimos, javob yozing”.

Yigitning yaqinlariga köra, hodisa yuzasidan Jinoyat kodeksining 105-moddasi (qasddan badanga örtaça oğirlikdagi şikast yetkaziş) bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda tergov davom etmoqda.

Yigitning yaqinlari tergov işlari juda sust olib borilayotganini ta’kidladi.

Kun.uz hodisa tafsilotlari yuzasidan IIVga sörov yubordi.