Maktablardagi biologiya va tarbiya fanlari oilaga tayyorgarlikni ta’minlovçi mavzular guruhi bilan töldiriladi. Bu haqda 21 dekabrdagi oilalarni mustahkamlaş va xotin-qizlarning faolligini oşiriş töğrisidagi prezident qarorida söz boradi.

Kinoijodkorlarga xotin-qizlarni ijtimoiy-iqtisodiy faollikka çorlovçi, ularning ijtimoiy-iqtisodiy faoliyati oiladagi tinçlik va vatan ravnaqiga ijobiy hissa qöşişi, yaqinlari kömagi bilan yuksak yutuqlarga erişgan xotin-qizlarning hayotini yorituvçi, oilaviy zöravonlikni qoralovçi kinofilm va ijtimoiy reklamalarni işlab çiqiş tavsiya etiladi.

Umumta’lim maktablaridagi yuqori sinflar uçun ona tili va adabiyoti hamda çet tili fanlarini öqitiş böyiça mavzularni tanlaşda oilaning muqaddasligi, oila a’zolarining bir-birlari oldidagi ma’naviy javobgarligini yorituvçi mavzularga ustuvorlik beriladi.