Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-iyundagi PQ–209-son qarori asosida, prezident taşabbusi bilan Özbekiston madaniyat vazirligi xuzuridagi Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan «RAMZ-FILM» kinostudiyasi tomonidan «ŞIROQ» tarixiy filmi işlab çiqarilmoqda.
Film xalqimiz tarixida alohida örin tutgan, Vatan ozodligi va el erkinligi yölida öz jonini qurbon qilgan milliy qahramon Şiroqning mislsiz jasorati haqida hikoya qiladi.

Şiroq - duşmanga qarşi faqat qurol bilan emas, aql-zakovat, matonat va fidoyilik bilan kuraşgan qahramon. U özini qabiladoşlaridan jabr körgan kişi sifatida körsatib, Ahamoniylar hukmdori Doroning ulkan qöşinini suvsiz sahro içkarisiga boşlaydi. Öz hayotini qurbon qiliş evaziga bosqinçilar laşkarini halokatga mahkum etib, ona yurtini duşman istilosidan saqlab qoladi.
Şiroq haqidagi tarixiy rivoyat qadimgi yunon muallifi va harbiy tarixçisi Polienning «Harbiy hiylalar» - «Strategemata» asarida keltirilgan. Film ssenariysi ham ana şu tarixiy manba asosida yaratilgan bölib, unda Şiroqning Vatan himoyasi yölidagi jasorati, harbiy tadbirkorligi va tengsiz fidoyiligi badiiy talqin etiladi.

Şiroq timsoli asrlar davomida xalqimiz uçun vatanparvarlik, mardlik va matonat ramzi bölib kelgan. Şu bois filmning ğoyaviy mazmunida Vatanga sadoqat, milliy ğurur, ajdodlar xotirasiga ehtirom va harbiy burçga sadoqat kabi yuksak qadriyatlar ustuvor örin egallaydi. Asar yoş avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş, Vatan himoyasi şarafli va muqaddas burç ekanini tarğib etişga xizmat qiladi.

Film ustida katta ijodiy va işlab çiqariş jamoasi mehnat qilmoqda: ssenariy muallifi - Nazar Eşonqulov. Boş rejissyor - Muzaffarxon Erkinov. Boş operator - Ravşan Mirzakamalov. Boş rassom - Qahramon Matkarimov. Bastakor - Muinzoda.














