Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 19-oktabrdagi 575-son qarori bilan Ibn Sino ilmiy merosini çuqur örganiş va keng tarğib qiliş böyiça 2030-yilgaça möljallangan «yöl xaritasi» tasdiqlandi. Hujjatda 2030-yilda alloma tavalludining 1050-yilligini nişonlaşga tayyorgarlik köriş ham nazarda tutilgan.

«Husayn» filmi 2027-yilda namoyişga tayyorlanadi

Filmda Husayn ibn Abdullohning tabobatga muhabbati, ustozlariga sadoqati va insonparvarligi orqali bolalar uçun axloqiy namuna yaratiş maqsad qilingan.

«Yöl xaritasi»ga köra, filmni suratga oliş 2026-yil oktabrga, montaj, ovoz beriş, musiqiy bezak va ranglarga işlov beriş işlarini yakunlaş esa 2027-yil iyunga belgilangan. Premyerani ham 2027-yil iyunda ötkaziş rejalaştirilgan.

2027-yil sentabrda filmni kinoteatrlar, telekanallar va raqamli platformalar orqali tomoşabinlarga yetkaziş, taʼlim muassasalarida namoyişlar va ijodkorlar bilan uçraşuvlar taşkil etiş közda tutilgan.

2028-yil martda esa xorijiy tillarda subtitrli nusxalar tayyorlab, filmni xalqaro kinofestivallarga taqdim etiş hamda xorijiy distribyutorlar va striming platformalari bilan muzokaralar olib boriş belgilangan.

Buxoroda ilmiy-tadqiqot markazi oçiladi

Qaror bilan Buxoro davlat tibbiyot instituti huzurida davlat muassasasi şaklida Abu Ali ibn Sino ilmiy-tadqiqot markazini taşkil etiş taklifi maʼqullangan.

Markaz allomaning tibbiyotga oid merosini tadqiq qiliş, ilmiy naşrlar va öquv materiallarini tayyorlaş, xalqaro ilmiy loyihalarda qatnaşiş bilan şuğullanadi. Tibbiyot xodimlari va tibbiyot tarixiga qiziquvçilar uçun öquv kurslari hamda mahorat darslarini yölga qöyiş ham uning vazifalariga kiritilgan.

Markaz Buxoro davlat tibbiyot instituti binosiga tekin foydalaniş huquqi asosida joylaştiriladi. Uni moliyalaştirişda institutning byudjetdan taşqari mablağlari, xalqaro grantlar, pulli xizmatlar tuşumlari va homiylik xayriyalaridan foydalaniladi.

Qölyozmalar raqamlaştirilib, asarlar özbekçaga tarjima qilinadi

2030-yilga qadar Ibn Sinoning xorijiy va mahalliy arxiv-kutubxonalarda saqlanayotgan qölyozmalari, asarlari va naşrlarining raqamli nusxalarini yagona bazada jamlaş rejalaştirilgan.