Toşkentda kameralar avtobus yölaklarida töxtagan maşinalarga bir kunda 175 ta jarima qölladi. Bu haqda «Toşşahartransxizmat» ma’lumotida aytilgan.
Joriy yilning oktyabr-noyabr oylarida Içki işlar vazirligi «Xavfsiz şahar» markazi, Toşkent şahar yöl harakati xavfsizligi xizmati, Idoralararo tezkor ştabi hamda «Toşşahartransxizmat» AJ mutaxassislari bilan hamkorlikda, Toşkent şahridagi tirbandlik yuqori bölgan köçalar, avtobuslar harakati uçun ajratilgan maxsus A yölaklarga töxtaş va töxtab turiş qoidabuzarliklarini aniqlovçi intellektual videokuzatuv kameralaridan 30 tasi obektlarda örnatilgan.
Hozirda mazkur 30 ta intellektual videokuzatuv kameralarining Amir Temur va Alişer Navoiy köçalariga örnatilganlaridan 5 tasi töliq işga tuşirildi.
2023 yil 24 dekabr kuni mazkur köçalarda töxtaş va töxtab turiş qoidalarini buzgan 175 ta transport vositalari haydovçilariga nisbatan, belgilangan tartibda MJtKning 128-6-moddasiga asosan BHMning ikki barobari - 680 000 söm miqdorida jarima belgilandi.
Ma’lumot uçun, yöl harakati qoidalariga köra, ajratilgan yölakka faqat öngga buriliş (belgilangan uzuq-uzuq çiziqli joydan), şuningdek, jamoat transporti harakatiga xalaqit bermasa, yölovçilarni oliş va tuşiriş uçun kiriş mumkin.












