Eron tomonidan qöllab-quvvatlangan jangçilar tomonidan Iroq va Suriyadagi amerikalik harbiylarga bir qator hujumlarga javoban AQŞ harbiylari Iroqdagi guruh tomonidan foydalaniladigan uçta obektga zarba berdi. Bu haqda Pentagon rahbari Lloyd Ostin 25 dekabr kuni keçqurun ma’lum qildi.
Uning ta’kidlaşiça, «zarur va mutanosib» aniqlikdagi havo hujumlari AQŞ prezidenti Jo Bayden körsatmasi bilan amalga oşirilgan.
AQŞ harbiylarining dastlabki ma’lumotlariga köra, amaliyot natijasida «Hizbulloh»ning bir qança jangçilari yöq qilingan, ular işlatgan obektlar vayron bölgan. «Uşbu zarbalar Iroq va Suriyadagi koalitsiya kuçlariga hujumlar uçun bevosita mas’ul bölgan jangçilarni javobgarlikka tortiş va ularning keyingi hujumlarni amalga oşiriş imkoniyatlarini çeklaş uçun möljallangan», — dedi AQŞ Markaziy qömondonligi rahbari general Maykl Kurilla.
AQŞ harbiylari Iroqdagi bazaga dron hujumi oqibatida jarohat oldi
Avvalroq, guruh Iroq şimolidagi kurdlar nazorati ostidagi mintaqada AQŞning Erbil havo bazasiga kamikadze-dronlar bilan hujum qilgandi, hodisa oqibatida uç amerikalik harbiy jarohat olgan.
7 oktyabrda HAMAS jangçilarining Isroilga hujumi hamda Isroil va HAMAS taşkiloti örtasida uruş boşlanganidan söng Iroq va Suriyadagi AQŞ bazalariga hujumlar sezilarli darajada oşdi. Oktyabr oyi örtalaridan beri AQŞ harbiylari 100 dan ortiq şunday hujumlarni qayd etgan. Ularning aksariyati Iroqda sodir etilgani uçun eronparast koalitsiyaga aloqador qurolli guruhlarning erkin ittifoqi javobgarlikni öz zimmasiga oldi.
Iroqda 2500 ga yaqin, Suriyada esa 900 ga yaqin amerikalik askar joylaşgan. Bu mamlakatlarda AQŞ boşçiligidagi harbiy koalitsiya IŞID guruhi qayta tiklanişining oldini olişga yordam berişni maqsad qilgan.












